«Davra.uz» nazorat qilinishi tan olindi
«Hurriyat» gazetasi ushbu yangi ijtimoiy tarmoqning «bir qator afzalliklari bor»ligini ayta turib, qovun tushirib qo‘ygandek.
«Avvalo, u «Tas-IX» tarmog‘ida bo‘lib, undagi ma'lumotlarni respublikamiz qonunchiligi va mentalitetimizga muvofiqligi jihatdan nazorat qilish imkoniyati mavjud», deb yozadi gazeta.
Mentalitetimiz va qonunchiligimiz qanday holatlarda qanday bo‘lishini «yuqoridagi»lar belgilashini nazarda tutsak, «nazorat qilish imkoniyati»ning nima ekanligi darhol tushunarli bo‘ladi o‘quvchiga.
Maqolada aytilishicha, «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘idan mamlakatimiz aholisining uch millioni, «VKontakte»dan bir millioni, «Facebook»dan 500 mingi foydalanadi.
«Davra.uz»ning tashkil etilishidan maqsad esa yoshlarni ana shu «nazoratsiz» tarmoqlardan foydalanishdan tiyilishini ta'minlash ekani ko‘rinib turibdi. Ammo yoshlarning o‘zi «nazoratli» bu tarmoqni ma'qul ko‘rarmikin?
Rassom Elsevar
Eltuz.com