Asosiy mavzular
2 oktyabr 2023

Farg‘onadagi yong‘in, o‘qituvchilar, talabalar, va Rossiyadagi migrantlar muammosi – EP99

Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo va Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidan kelgan.

Dastlabki maktub Xorazm viloyatining Xazorasp tumanidan kelgan. 35 son maktab o‘qituvchilari noqonuniy o‘lpon solinayotganini aytib o‘z direktorlari ustidan shikoyat qilishmoqda.

«Biz Xorazm viloyatidan yozmoqdamiz. Xazorasp tumanidagi 35-son umumtalim maktabi direktori Zebiniso Karimovaning o‘qituvchilardan noqonuniy pul yig‘ishi hech to‘xtamayapti. Har bir o‘qituvchidan 200.000 ming so‘m yig‘ayapti. Nima bu o‘zining xususiy maktabimi, yoki pul yig‘adigan fondmi? Menda hamma audio yozuvlari mavjud, agar noqonuniy ishlarini to‘xtatmasa, qolganlarini ham yuboraman» deya tahdidl qiladi Xazorasplik o‘qituvchi.

O‘qituvchilarning murojaatiga audiofayl ham ilova qilingan

Keyingi maktub egasi Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani Xalq ta'limi binosi ortidagi majlislar zali yonayotgani haqida bildirgan.

O‘tgan kun esa elektromobillarning ehtiyot qismlari saqlangan Sergelidagi yirik bojxona omborida yirik yong‘in chiqqan edi. Bu yong‘inlarning kelib chiqish sabablari ancha shubha uyg‘otadi. Bir vaqtlar Xorazm viloyatiga uzoq yillar raxbarlik qilgan Madyor Xudoyberganov davrida viloyat obkomining arxivlari saqlangan kabinet yonib kuli ko‘kka sovurilgan edi.

Keyingi maktubni o‘qiymiz «Holbuki bizni 2-kursga qabul qilishlari kerak edi…» deya yozadi navbatdagi maktub muallifi

“Markaziy Osiyo universiteti (sobiq AKFA)dan murojaat yo‘llayapmiz.  Ikki yil oldin AKFA universitetiga o‘qishga kirganmiz. Ertalabdan tush vaqtigacha 10-11 sinfda, maktabda, kechgacha esa universitetda o‘qidik. Kelishuvga ko‘ra, 2 yil o‘qishni tugatib, imtihonlardan o‘tganimizdan keyin bizni universitetning 2-kursiga qabul qilishlari kerak edi. O‘tgan muddat ichida AKFA universiteti Sentrol Eyshn Yunivo‘sitiga aylandi, rahbariyat ham o‘zgardi. Endilikda yangi Universitet rahbariyati 1-kursdan boshlab o‘qiysizlar deyapti. 2 yil davomida to‘lagan pulimiz ham qaytarilmas ekan. Qiziq jihati, ikki yil davomida o‘qigan fanlarimizni qayta o‘qir ekanmiz. Universitet rahbariyati negadir bizga qo‘pol muomala qilyapti. Masalaning ijobiy hal etilishini so‘raymiz” deya yozadi sobiq AKFA talabasi.

Keyingi maktub ancha jiddiy. Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasida o‘qiyotgan O‘zbekiston vatandoshi, tegishli hujjatlari bo‘lishiga qaramay politsiya hech bir sababsiz tutib, bo‘limga olib borganidan shikoyat qilmoqda.

“Rossiya Federatsiyasi Krasnodar o‘lkasi Sochi shahridan murojaat yo‘llayapman. Mahalliy politsiya migrantlarni turli bahonalar bilan ushlab olib ketyapti. Men Rossiyada bakalavriatni tamomladim. Yaqinda Sochiga magistraturaga o‘qishga topshirgani kelgandim. Sayohat qilib yurgandim. Hamma hujjatlarim to‘g‘ri bo‘lsa ham, politsiya xodimlari meni noma'lum sabab bilan “otdel”ga olib bordi…” deya yozadi Rossiyada yashayotgan eltuz obunachisi. U o‘z murojaatiga video ham ilova qilgan. Videoda o‘zbek vatandoshlari huquqlarini oyoqosti qilayotgan Rossiya politsiyasining haqiqiy basharasini ko‘rishingiz mumkin.

Va nihoyat so‘nggi maktub Surhondaryoning Termiz shahridan. Bolalar uchun sport maydonchasi masalasi haligacha hal bo‘lgani yo‘q.

“Surxondaryo viloyati Termiz shahri Istiqlol ko‘chasida joylashgan viloyat bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiylari va o‘quvchilari nomidan takror murojaat yo‘llayapmiz. Sport maktabimizga tegishli 18 sotix bo‘sh yer maydonida mini stadion qurilishi boshlangani, ammo ish to‘xtagani haqida yozgan edik.  Viloyat hokimiga qarshi chiqib, yer maydoni uchun kurashganimiz sababli viloyat hokimligi sport maktabi bilan tortishyapti. Sariosiyo tumani maktab direktori bilan bo‘lgan ishlardan keyin viloyat hokimidan ko‘pchilik qo‘rqib qolgan shekilli. Viloyat rahbari bolalar mini stadioni masalasini hal qilib bersa, minnatdor bo‘lar edik” deya yozadi surxondaryolik sport jonkuyari.

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
26 sentyabr 2020
O‘zbek estradasi xonandasi va kinolardagi turli rollari bilan aktrisa sifatida tanilgan 34 yashar Munisa Rizaeva ochiq kiyinganligi sababli ijtimoiy tarmoqlarning radikal dindor va muhofazakor ...
13 iyun 2017
Davlat idoralari korporativ bazmlarida xonandalar xizmatidan bepul foydalanilishi haqidagi O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov shikoyati turli baxslarga sabab bo‘ldi. ...
27 sentyabr 2018
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 26 sentyabr kuni frantsuz olimi Stefan Dyuduanon (Stefan Dudouannon) ishtirokida shoir Cho‘lpon xotirasiga ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ girdini ham ontarib qaraydi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...