Catira
11 iyun 2016

“Qani, o‘qituvchilar – g‘o‘za chopig‘iga marsh!”

“Ko‘cha tozalash, paxta terimi yoki g‘o‘za chopig‘iga chiqariladiganlar ham endilikda o‘qituvchiyu do‘xtirlar bo‘lib qoldi”, – deydi Eltuz.com nashriga bugun yangi hajviy rasmini yo‘llagan rassom Elsevar.

Qizig‘i shundaki, mamlakatda g‘o‘za qator oralariga qo‘l mehnati orqali ishlov berish ayni avjiga chiqqan shu kunlarda gazetalarda «yagana», «chopiq» so‘zlarini ishlatmaslikka harakat qilinmoqda.

Buning o‘rniga, «texnika bilan bir qatorda g‘o‘zaga ketmon bilan ishlov berilmoqda», deyiladi. Balki, bu har doimgidek Xalqaro tashkilotlar ko‘zini shamg‘alat qilish uchundir?

Aslida esa, bu tadbirlarda «ertadan kechgacha» dehqonchilikdan yiroq soha mutaxassislari, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari, ziyolilar majburiy mehnatdan foydalanilayotganini yosh bola ham biladi.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 fevral 2016
Elsevar o‘zining yangi hajviy suratini Toshkentning «qizil chiroq»lariga bag‘ishlaydi. Rassom Elsevar Eltuz.com
19 yanvar 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi. Boshi o‘tkan sonda) «Tarmoqdan uzilgan eski uy telefoni qanday jiringlaydi? Menga shunday tuyulgan bo‘lsa kerak. ...
23 fevral 2017
Ikki oy avval Sog‘liqni saqlash vazir bo‘lgan Adham Ikromov ishdan olinib, o‘rniga Oliy majlis qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Alisher ...
28 may 2018
Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida shu kunlarda jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilayotgan uch foizlik kreditning manbai korruptsionerlardan musodara qilinayotgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...