Catira
25 iyun 2016

Toshkentdagi ajralish haykali qoshida

23 may kuni Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasidan chiqib ozroq yayov yurib, toshkentliklar orasida “ajralish haykali” deya nom chiqargan monument oldiga borib qoldim.

1966 yil zilzilasiga atab qurilgan bu haykal haqida latifalar ko‘p. Shu payt qo‘limdagi aqlli soatim ping-ping qildi. Londondagi do‘stimdan SMS kelibdi.

“Falokat. Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etdi” degan yozuvga ko‘zim tushdi. Keyin bilishimcha, Britaniya xalqining 52 foizi Yevropa Ittifoqidan (YeI) chiqishni yoqlab ovoz beribdi.

YeIdan chiqishga qarshi bo‘lganlar referendum natijalarini «falokat», ularning raqiblari esa «Britaniya mustaqillik kuni», deb baholabdi.

Bu gaplarni o‘qib turib ko‘zim haykalga tushdi. Monumentda bitta qovog‘ini solgan erkak qo‘lini siltab, “Yetar ajralaman deb shahdam oldinga qadam tashlamoqda. Ayol kishi esa “Mendan ajralma” deb dod solmoqda. Haykal oldida to‘rtburchak tosh darz ketganicha turibdi.

Yevropa Britaniyadan ajraldim deb g‘ussaga botar ekan, Toshkentda bu voqeaga tayyor haykal turibdi.
Moshollo!!!

Etyudnigimni ochib, suv bo‘yoqlar bilan bu haykalning rasmini chizdim.

Deyarli o‘zgarishsiz chizdim. Faqat monument oldidagi darz ketgan toshga BRYeKSIT kalimasini yozdim.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 avgust 2024
Navoiy viloyati Xalq deputatlari kengashi xodimlari turli hududlardagi kengashlarga teng mablag‘ ajratilmayotganidan norozi. Masalan, Prezident Farmoni bilan Toshkent shahar ...
20 noyabr 2018
«O‘zbekkontsert» birlashmasi «uyatsiz» klip bois Shahlo Ahmedovaning litsenziyasini olib qo‘ydi.  Rassom Tuz Eltuz.com
26 dekabr 2017
Prezident Shavkat Mirziyoev parlamentdagi 22 dekabr kungi chiqishida Moliya vazirligini keskin tanqid qilishi ortidan vazirlikda tekshirish, xodimlarni ommaviy ishdan ...
8 mart 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...