O‘qituvchi va shifokorlar ko‘sak qurti terimida
O‘tgan hafta Eltuz.com nashri Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari paxta dalalarini qurt bosgani va uni qo‘lda terib olishga odatdagidek, Xalq ta'limi va tibbiyot xodimlari safarbar etilgani haqida yozgan edi.
Mutaxassislar, bu eng samarasiz usul ekani haqida aytishayotgan bir paytda, hukumat amaldorlari uchun eng kamchiqim va hatto buning foydali ekani ham aytiladi. Chunki kunlik ko‘sak qurti termaslik narxi allaqachon o‘n ming so‘m qilib belgilangan.
Zaharli dorilar ta'sirida o‘lmagan bu chidamli joni savil qurtni qo‘lda terish qanchalik sog‘liqqa zararligini bilganlar pul bilan qutulishni afzal ko‘rishadi.
Bugun bu safarbarlik rassom Tuzni ilhomlantirdi. U «dala zahmatkashlari»ga aylantirilgan o‘qituvchi va shifokorlar uchun bir alvon shior ham yozdi: «Ko‘rdingki qurt – ko‘zingga surt!»
Rassom Tuz
Eltuz.com