Catira
5 avgust 2016

Saida Rametova – o‘zbek mutassiblari g‘azab nishonida (video)

Taniqli aktrisa Saida Rametova bilan bog‘liq video vodiy restoranlaridan birida qo‘l telefonida tasvirga olingan bo‘lib, bunda u hind qo‘shiqlardan biriga dramteatr aktyori Yunus Asqarov bilan raqsga tushadi.

Biroq, har safargidek video tarmoqda yashin tezligida tarqaldi va mutassib o‘zbek tanqidchilari va ma'naviyat dohil saytlarning darg‘azab tanqidiga uchradi.

“Andishali kelinchak”da qaynona, “Nodirabegim”da Uvaysiy, “Sohibqiron”da Bibixonim kabi buyuk sharq ayollari obrazini yaratgan Saida Rametovaga yerda uzala tushib raqsga tushish yarashadimi? Buni qaysi mezonlar bilan o‘lchash mumkin?» deya yozadi o‘zini ahloq himoyachisi sanagan «Qalampir» sayti.

«Axir u artist, otin oyi emasku!», deydi rassom Adolat va mashhur o‘zbek kino va teatr yulduzining ayni holatini aks etdirib Eltuz.com nashriga yo‘llaydi.

«Saida Rametovani nima jin urdi?» maqolasi muallifi prezident Islom Karimovning «ma'naviy hayotimizni yuksaltirish yo‘lida boshqalar havas qiladigan qanday katta natijalar»ga erishilgani haqidagi gaplarini keltirib, aktrisani qilmishiga javob berishga chaqiradi.

«Mendan dushmanlarim qasd olmoqchi bo‘lishgan», deya izoh beradi ayni lavhaning tarmoqda tarqatilishiga Saida Rametovaning o‘zi. Uning bildirishicha u shaxsiy bazmda spektakldan parcha ijro etgan.

Ayni paytda uning yaqin hamkasbi, mashhur «Temir xotin» filmida o‘zi ham hindcha motivlarga raqsga tushgan akter Murod Rajabov Darakchi nashriga bergan intervyusida: «U nima qilgan bo‘lsa, shaxsiy ishidir!» deydi.

Biroq, O‘zbekistonda mashhur artistlarning shaxsiy hayoti mavjud mafkura instituti jazo nishoniga aylandi.

To‘ylarda qatnashgani uchungina iste'dodli artist Saida Rametova teatrdan haydaldi.

Toshkentda chiqadigan «Bekajon» gazetasiga o‘z hamkasbi himoyasiga izoh bildirgan Murod Rajabov ijtimoiy tarmoqlar qanchadan qancha odamlarni sharmanda qilayotgani, bunday bema'ni narsalarga qaragisi ham kelmasligini aytadi.

Saida Rametovaning o‘zi so‘nggi bir-ikki yilda bir necha bor shunday zarbalarga duch kelganini, endi esa bu yo‘lni topishganini aytadi. Biroq uning fikricha, qildan qiyiq qidirayotganlar hech narsaga erishganlari yo‘q.

«Kim nima desa desin, kim nima qilsa qilsin – men o‘zimga ishonaman!» deydi u.

Rassom Adolat
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 oktyabr 2015
Kecha sharmandali bir voqeaning guvohi buldim. Yozyovon yo‘lidagi Shahartepa qishlog‘iga bir ish bilan bordim. Yo‘lning ikki chetini 100 dan ...
8 iyul 2016
Toshkentdagi Nizomiy nomidagi peduniversitetning 1940-yillarda mashhur arxitektor Ye.Jmuyda loyihasi asosida qurilgan binosini ta'mirlash bahonasida vayron qiliniyotgani ijtimoiy tarmoqda baxslarga ...
22 fevral 2018
Dunyoda eng uzoq muddat qamoqda bo‘lgan jurnalist, 64 yoshli Muhammad Bekjon 22 fevral kuni o‘zining feysbuk sahifasida shunday yozuv ...
2 avgust 2019
Bir guruh o‘zbek faollari 25 iyul kuni AQSh, Yevropaning qator mamlakatlari va O‘zbekiston hukumatlaridan Gulnora Karimova va uning noqonuniy ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...