Bemorning tirikligidan, o‘lgani aniqroq…
28 avgust kuni, O‘zbekiston tarixida ilk bor, Vazirlar Mahkamasi prezident Karimov sog‘lig‘i haqida xabar tarqatdi. O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi (O‘zA) rasmiy bildirishida aytilishicha, prezident «statsionar davolanish»da qolmoqda. Bildirishning qisqa matnida prezidentga qanday tashxis qo‘yilgani aytilmaydi. «Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, to‘liq tibbiy ko‘rik va davolanish jarayoni uchun muayyan vaqt talab etiladi» deyiladi bildirishda.
Islom Karimov mamlakatga 1989 yil iyunidan, Kreml tomonidan O‘zbekiston Kommunistik Partiyasi birinchi kotibi etib tayinlangan kundan buyon hukmronlik qilib keladi. Karimov boshqaruvi davrida so‘z erkinligi cheklandi, inson huquqlari muttasil buzildi, shuningdek muxolifatga nisbatan qatag‘on siyosati qo‘llanildi.
Rassom Tuz
Eltuz.com