chorshanba,
18 dekabr 2024
2 sentyabr 2016
«Omon bo‘lsin shohimiz!»
Prezident o‘limidan bir hafta o‘tib ham uning tirikligi, sog‘lig‘iga duoda bo‘lishga chaqiriqlar tingani yo‘q. Ayni ayuxannoslar fonida Islom Karimovning allachaqon o‘lgani haqida xabar bergan jurnalistlar sha'niga so‘kish va la'natlar yangrar ekan, o‘z navbatida rassom Adolat bu manzarani o‘z mo‘yqalamida aks ettirdi.
Eslatib o‘tamiz, eltuz.com nashri prezident Islom Karimovning o‘lgani haqida 29 avgust kuni xabar bergan edi, bu paytda O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami tantanalari davom etdi, Samarqandda esa hashamatli maqbara qurilishi boshlandi. Horijiy davlatlardan ta'ziyalar bildirila boshlandi. O‘zbek hukumati esa xalqqa prezidentning o‘lgani haqida hamon xabar bergani yo‘q.
Rassom Adolat,
Eltuz.com