Karimov shaxsini ilohiylashtirish
O‘zbek segmentida Karimov o‘limidan so‘ng agressiv trolling avj olarkan, ijtimoiy tarmoqda prezident Islom Karimov o‘limi fonida uning shaxsini ilohiylashtirish motivlari paydo bo‘ldi.
«So‘z berib aytamanki, yurtboshimga biron nima bo‘lgudek bo‘lsa, seni Allohim deya aslo tan olmayman!» deya yozdi Ijtimoiy tarmoq yuzerlaridan biri.
«Bu inson payg‘ambardir!» degan bitikni ko‘rish mumkin ijtimoiy tarmoqdagi yuzerlarning behisob hamdu sanolari ichida.
«Men uchun ikki xudoyim mavjud, birinchisi insoniyatni yaratgan alloh, ikkinchisi yurtboshi…» davom ettiradi o‘z fikrini Senga oshiqman niki ostida Karimovning «yaratgan bandasi».
Rassom Adolat eltuz.comga jo‘natgan so‘nggi rasmlarida ayni haqiqatlarni aks ettiradi. «Men endi Xudoga emas, marhum Islom Karimovning arvohiga sig‘inaman!» deydi so‘ziga sodiq qolgan yuzer, yurtboshisi o‘lganidan so‘ng.
Ayni paytda Samarqanddagi Hazrati Hizr majmuasida qurilgan Karimov maqbarasini ziyorat qilayotgan uning qizi Lola va rafiqasi Tatyana Karimovalarning yangi videosi paydo bo‘ldi.
Filmda imom bilan faqat shu ikki shaxs va bo‘sh stullarni ko‘rish mumkin. Karimovning boshqa qarindoshlari, nabiralari va to‘ng‘ich qizi uni ziyorat qilgani haqida biror ma'lumot yo‘q.
Karimov shaxsi ilohiylashtirilar ekan, uning boshqa qarindoshlari ham borligi haqida hech narsa aytilmaydi.
Rassom Adolat
Eltuz.com