Bugun Mirziyoev Jizzaxga keldi
Bugun Jizzaxga Mirziyoev kelishi munosabati bilan qo‘y so‘yiladi. Bu viloyatda u hokimligi davrida nimalar qilmadi, ayniqsa Karimovning ko‘nglini olish uchun. Endi uning o‘zi mamlakat hukmdori sifatida boradi u yerga… Qo‘y nima degan gap?
«Bu qo‘yning narxi fantastik darajada qimmat bo‘lishi mumkin», deydi rassom Adolat, eltuz.com nashriga jo‘natgan yanggi suvratiga izoh berarkan.
Nega shunday bo‘lmasin, axir ilgari Shavkat Mirziyoev tomonidan Karimov uchun bezatiladigan «potyomkin qishloqlari», qilinadigan dabdabayu-as'asalar endi uning uchun qilinadiku.
Hatto o‘ziga eng yaqin bo‘lgan marhum Karimovning xudoyisiga oshni o‘zgalar cho‘ntagidan qildirishni afzal ko‘rgan Mirziyoev uchun, bu ishlar nafaqat eski an'ana, balki yigirma yetti yil so‘nggida ushalgan armondir.
Darvoqe, uning oyog‘i ostiga so‘yiladigan qo‘yning narxi, bosh vazir (yangi yurtboshi) ishtaxasi kabi muttasil oshishda davom etadi.
«Mirziyoev kelayapti, oyog‘i ostiga so‘yish uchun qo‘y keltiring!»
Rassom Adolat
Eltuz.com