Jarrohlik amali paxta tugagunga qadar qoldiriladi!
Operatsiya stolida qolayotgan sho‘rlik bemorning paxta tugashini kutishdan boshqa chorasi yo‘q. Chunki tibbiyot xodimlari uchun inson sog‘lig‘idan ko‘ra, paxta terib topadigan puli afzalroq.
Har holda o‘zbek hukumati rasmiylari shunday deya hisoblaydi. Ular bu yil ham katta pul undirish ta'masida, shifokorlarning paxtaga chiqishlarini qo‘shimcha daromad manbai deya Jahon bankini ishontirishga urinishmoqda.
Ayni paytda, O‘zbekiston shifoxonalarini kezsangiz u yerda bemorlar ko‘pligiga qaramay, ularga qaraydigan shifokorlarning kamligini ko‘rasiz.
Ularning aksariyati paxtada. Ayrimlari esa o‘rniga odam yollab uyda qolishni afzal ko‘radi.
«Bu ham ularning «qo‘shimcha daromad» topish yo‘lidagi bizneslarining bir qismi bo‘lsa kerak?», deydi achchiq zaharxanda bilan navbatdagi karikaturani eltuz.com nashriga jo‘natgan rassom Tuz.
Rassom Tuz
Eltuz.com