Catira
7 fevral 2017

Mirziyoev keladimi, deya fol ochishmoqda…

Shu kunlarda hokimlar, prezidentning viloyatga qachon kelishi xaqida fol ochishmoqda.

Mirziyoevning istagan vaqt, istagan hududni borib ko‘rish xohishi, viloyat raxbarlarini og‘ir ahvolga soldi.

Bu degani, prezident yo‘nalishidagi hududlarda chiroqniing o‘chmasligini ta'minlashdan tashqari, hududlarda xudoning bergan kuni shanbaliklar qilish lozimligini anglatadi.

Mirziyoev hokimiyatga kelgach, viloyat va tumanlarga safar qilib birin-ketin raxbarlarni almashtira boshladi.

O‘zbekistonda hokimlar o‘zlarini xalqning mutlaq xo‘jayini deya xisoblashga odatlanishgan.

Ular, masalan, o‘zlariga bo‘ysunmagan fermerni kaltaklashlari mumkin.

Birok, mamlakatda xokimiyat ierarxiyasi shunday kurilganki, prezident istagi bilan, bugun viloyatning xo‘jayini bo‘lgan shaxs, bir lahzada oddiy kimsaga aylanishi mumkin.

Shu bois, Mirziyoevning tashrifi ular uchun favqulodda axamiyat kasb etadi.

Muttasil axoliga yetishmay keladigan tabiiy gaz va elektrni zudlik bilan topishga to‘g‘ri keladi.

Rassom Adolat
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 oktyabr 2015
Gulnora Karimovaning nomi kuni kecha barchaning og‘zida edi. «Gulnora to‘ylar qilyaptimish!», «Gulnora degan duxi chikibdimish!», Gulnorani zapravkasida doim benzin ...
21 oktyabr 2015
Bir kun internetsiz yashadim. Yashasa bo‘lar ekanu, ammo juda qiyin, judayam qiyin. Kecha kechki payt ishdan kelib noutbukni yoqsam ...
3 noyabr 2020
Suratkash Aleksandr Barkovskiy mulohazalari O‘tmishda O‘rta Osiyodagi bir qancha muazzam saltanatlar va yuksak madaniyatli xalqlarga beshik bo‘lgan bugungi O‘zbekiston ...
13 aprel 2021
Taniqli publitsist va davlat arbobi, Sharof Rashidov va Islom Karimov davrida hukumat lavozimlarida ishlagan Sharof Ubaydullaev “Ozodlik” radiosiga intervyusida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...