Mirziyoev Moskvada o‘zbek milliarderi bilan ko‘rishdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 aprel kuni Kremldagi O‘zbekiston-Rossiya rasmiy delegatsiyalari uchrashuvida Namanganda tug‘ilgan milliarder Alisher Usmonov bilan issiq ko‘rishdi.
Rossiya telekanallari lavhalarida Mirziyoev va Usmonovning qo‘l siqishib ko‘rishgani Putinning tabassumli nazari fonida aks etdi.
Aytilishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tuzilgan katta miqdordagi kelishuvlar asosida Usmonov o‘zining tarixiy vataniga sarmoya kiritmoqchi.
Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedovga qasr sovg‘a qilgani ovoza bo‘lgan Alisher Usmonov o‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov davrida juda ham istalavermagan shaxs maqomida bo‘lgan.
Rasman tasdiqlanmagan malumotlarga ko‘ra, Usmonov yangi prezident Mirziyoevni qo‘llab quvvatlab kelmoqda.
64 yoshli Alisher Usmonov Namanganning Chust shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Burxon Usmonov Sovet davrida Toshkent shahar prokurori bo‘lib ishlagan.
2012 yili Bloomberg nashri Alisher Usmonov sarvatini 20 milliard AQSh dollari deya aniqlab uni Rossiyaning eng boy odami deb e'lon qilgan edi.
Eltuz.com