Alisher Usmonov: «Tupurdim senga, Navalniy!»
Alisher Usmonov 18 may kuni Navalniyga videomurojaatini o‘zining yutub kanaliga qo‘ydi.
«Sen filga qarab akillayotgan ko‘ppakka o‘xshaysan. Tuf senga, Aleksey Navalniy!», dedi rossiyalik milliarder.
Bundan ilgari rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy video chiqishlarida Usmonovni Medvedevga pora berganlikda va yolg‘onchilikda ayblagandi.
Usmonov esa videojavobida Navalniyni «hasadgo‘y», «yaramas», «omadsiz» va «jinoyatchi» deya ataydi.
«Sen nima, «ponyatie» degan narsalarni umuman bilmaysanmi…» deya yuzlanadi bir vaqtlar olti yil turmada o‘tirganini iddao qilgan Usmonov, rus barigalariga hos ohangda.
Tanqidiy chiqishlari ortidan o‘tgan oyda Navalniyning yuziga zelenka chaplab ketishgan edi, endi esa Alisher Usmonov uni sudga tortdi.
«Sen yaxshisi mendan kechirim so‘ra!» dedi videomurojaatida Alisher Usmonov sudda yuristlari ish boshlaganini eslatib.
Rassom Tuz o‘z karikaturasida Usmonovni zelenkaga botirilgan chivinni o‘ldirishga chog‘langan odam qiyofasida tasvirlaydi.
Rassom Tuz
Eltuz.com