Catira
10 iyul 2017

Senator Ortiqova: Ko‘chani o‘qituvchi tozalamasa, kim tozalaydi?

7 iyul kuni Toshkentdagi Xalqaro press-klubda o‘qituvchilarni, kasblariga aloqasiz turli majburiy mehnatlarga muttasil jalb etilishi masalasi ko‘tarildi.

Jurnalistlarning savollariga O‘zbekiston Oliy Majlis senati a'zolari Svetlana Ortiqova va Bahodir Tojievlar javob berishdi.

Qalampir.uz saytining yozishicha, ko‘cha supurish va qishloq xo‘jalik ishlariga majburlash holatlari barcha ta'lim muassasalarga taaluqli ekani, buni har joyda ko‘rish mumkinligini bildirgan jurnalist Barchinoy Jo‘raevaning savoliga javoban senator Baxodir Tojiev, o‘qituvchilardan majburiy mehnat bo‘yicha biror shikoyat tushganini hech eshitmaganini aytdi.

Senator Svetlana Ortiqova «tashqaridan kelgan odam tozalab beradimi?» degan qabilda ozroq demagogiya qo‘shib, ko‘cha tozalash zarurligini tushuntirishga urindi.

«Tozalash ishlarini ham kimdir qilishi kerak-ku» dedi u.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi – nimaga haq to‘lanmaydigan qo‘shimcha ishlarni aynan ta'lim va tibbiyot kabi muhim soha xizmatchilari bajarishi kerak?

Hukumat farroshlarini ta'minlashga, fermerlar esa terimchilarni yollashga qodir emas ekan, bu ishlarni sentatorlarga bo‘lib berish ma'qul bo‘lmaydimi?

Rassom Tuz, mamlakat ko‘chalari va dalalaridagi toza havo deputatlar va senatorlar uchun foydali bo‘lardi, degan fikrni aytadi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 avgust 2018
Promka hojatxonasi orqasidagi katta o‘ra najas bilan liq to‘la. Qo‘lida uchi ayri uzun xoda ushlagan G‘ulom najas olti nafar ...
21 noyabr 2021
Siyosatchi bo‘lish¸ siyosatga kirish bugungi O‘zbekistonda boshni kundaga qo‘yish bilan barobar. Bu haqda Jahongirga yozuvdim sal oldin. «Senga gul ...
31 iyul 2018
O‘zbekistondagi «Toshturma», Ukrainadagi «Obolon» turmasidan har bir kamerada «loxmach»lari va «kozyollari» borligi bilan farq qiladi, deya eslaydi Muhammad Bekjon ...
15 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solih suhbatining davomida sevimli ayoli Oydin xonim bilan kechirgan hayoti, birga Islomni qabul ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...