Amaldorlarga qurol olib yurishga ruhsat beriladimi?
O‘zbekiston hukumati davlat organlari raxbarlariga berilishi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘lar ro‘yhatining tahrirdagi loyihasini ochiqladi.
“Qurol to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Amaldorlarning qanday qurol olib yurishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ayni loyihada ta'kidlangan.
Hujjatga ko‘ra, professional xizmat mavqeiga qarab O‘zbekiston vatandoshlari uchtagacha kesma (nareznoy) stvolli, 5 tagacha silliq stvolli o‘tochar qurol saqlashlari mumkin.
Qurol saqlashga ruhsat tegishli tartibda Ichki ishlar idoralaridan Vazirlar Mahkamasi belgilagan formalarga asosan olinadi.
Ro‘yhatda shuningdek, sovuq qurollar, sanchiladigan, uzoqdan irg‘itiladigan vositalar, o‘q dorilar ta'rifi keltirilgan.
Vaziyatni hajv qilgan Rassom Tuz “Qurol kalibri lavozimga qarab belgilansa, fermerga hoynaxoy ketmon sopi nasib etsa kerak” deydi.
Rassom Tuz
Eltuz.com