Asosiy mavzular
1 aprel 2022

RTdan va'z: Boy qizga uylanish yomonmi?

«NATO degan ajdar, tilidan oqar zaxar» Toshkentdagi 150 son maktab o‘quvchilariga NATOning yovuz tashkilot ekani haqida «darsda uqtirilgan» Xalq ta'limi vaziri bir qarab qo‘ysa bo‘lardi. Umuman xalq ta'limi va davlat boshqaruvida ishlaganlar xuddi Putinga bay'at bergan kabi o‘zini tutmoqda. Bularga O‘zbekiston mustaqil davlat ekani  va bu davlat rahbari Putin emas Mirziyoev ekani haqida eslatib turish lozim.

Matchon suqilish: Ukraina xabarlari jonga tegmadimi yoshulli. Mana baxor kelib, o‘rtoqlar uyg‘ondi. Qolaversa ro‘za boshlandi. Shu kunlarda tarmoqning «sovchilik» sahifalarida «kvartirasi bor ayolga uylanaman», » boy oilaga ichkuyov bo‘laman» degan jiddiy e'lonlarga ko‘zim tushdi. Odamlar bu e'lonlar tagini haqorat bilan to‘ldirishdi. Tuz og‘a Boy qizga uylanish yomonmi?

Endi Matchonboy inim O‘zbekistonda ayol va erkakning huquqi teng. Erkaklarning ham boy qizga uylanish huquqi bor¸

Nega qizlar oq «Bentli»da yuradigan milliarder boyga erga tegsa aybmas-u, ammo oltiariqlik kambag‘alning qashshoq o‘g‘li, boy xotinga uylanib, qaddini ko‘tarib olay desa ayb?

Nega bu haqsizlik? Qashshoq bilan qashshoq qo‘shilsa, ulardan tug‘iladigan bolalar yemay-ichmay, yaxshi kiyinmay, o‘qimay, chuvrindi bo‘ladi. Suvga suvni qo‘shsangiz, suv bo‘ladi. Qatiqqa suv qo‘shsangiz, ayron bo‘ladi.

Yana bir o‘ylab ko‘raylik, azizlar, bizning chmo, urod, yaxshi yemay, oriqlab ketgan, ko‘chadagi viveskani ham o‘qiyolmaydigan darajada savodsiz, eshshakdan boshqa bilan ishqiy praktikasi bo‘lmagan yigitlarimizni boy qizlar shatakka olib botqoqdan chiqarsa, nimayam qilamiz? Bu hayotda kimdir pritsep, kimdir Jip moshin. Sudrasin bir-birini.

Nima deysizlar, bekajon boy xotinlar? Ro‘za oyidagi marhamat va himmatning hikmati bisyordur.

Matchon suqilish: Eltuz muxlislari va'z ichida xabarlar alohida turishini so‘rashgan. Kotlet alohida pashsha alohida degan ma'noda. Shunga xabarlarni qisqa qisqa qilib aytib tashamaysizmi. Masalan anavi bolasini ayiqqa tashagan oliygox o‘qituvchisida jinni degan spravka bor ekan. Anovi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol bor edi-ku, esizdami Tuz og‘a?

Prokuratura Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayolga tegishli jinoyat ishini unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni hal qilish uchun sudga yubordi. Ayol «umrbod ruhiy xastalik bilan betoblanib kelgan», shu bois u tergov va sudda to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish qobiliyatiga ega emas, deb ma'lum qildi Bosh prokuratura.

Xabarlar

74 yashar tashqi ishlar vaziri Senatdagi so‘nggi bayonotidan keyin tobi qochib shifoxonaga yotqizildi. 17 mart kungi chiqishida u O‘zbekiston “Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishi va Donetsk hamda Lugantsk xalq respublikalarini tan olmasligi”ni ta'kidlagandi. Shu bayonoti bois uning iste'foga chiqqani iddao qilinmoqda.

***

Italiyada Rossiya oligarxlariga qo‘yilgan sanktsiyalar doirasida Alisher Usmonovga tegishli 500 000 funt sterlinglik (650 ming dollar) turadigan zirhli «Mersedes» mashinasi musodara qilindi. Oldingilarining oldida bu semichka po‘chaq, o‘rtaq.

***

Germaniyada joylashgan Uzbek Forum va Transparency International tashkiloti faollari 29 mart kuni Gulnora Karimova pullarini O‘zbekistonga qaytarish jarayonida Toshkent tomonidan shaffoflikning ta'minlanishi masalasiga oid yangi hisobotini e'lon qildi. Korruptsiya O‘zbekistonda eski kasal. Faollarning gumoniga ko‘ra O‘zbek mulozimlari qaytariladigan Gulnoraning o‘g‘irlik pullarini qayta o‘g‘irlashmoqchi.

***

Amnesty International tashkiloti ham hisobot chop qildi. Unda O‘zbekiston inson erkinliklari cheklangan davlatlar sirasiga kiritildi. Hisobotda kamida 2 ming kishi e'tiqodiga ko‘ra qamoqda saqlanayotgani bildirilgan. Shuningdek yangi jinoyat kodeksiga “prezidentni haqorat qilish” to‘g‘risidagi modda kiritilgani, bu modda asosida ayblangan shaxs 5 yilgacha qamalishi nazarda tutilgani qayd etilgan.

Nega ko‘chalar bo‘m bo‘sh?

Matchon suqilish: Turklar nega ko‘chalar bo‘m-bo‘sh deya rosa muhokama qilishmokda. Eltuz do‘stlari klubi faoli G‘ayrat Omon  hazillashib, prezident ko‘chadan o‘tishidan oldin barcha shaharni tark etadi, deb aytibdi.

Tuz: Chunki Istanbulda, hatto Germaniya kansleri Merkelning mashinasi ham probkaga tiqilib qolib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvga kech qolgandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on kechgan xaftada  Istambulda boshlangan ukrain-rus muzokarachilari oldida qilgan nutqida: «Turkiyaga va BIZNING Istambulga xush kelibsiz!», deganidan xabaringiz bor. Turkiyalik zukko jurnalist va ekspertlarlarning fikrlariga ko‘ra, Erdo‘g‘on «BIZNING Istambulga xush kelibsiz», degan jumlasida urg‘uni «BIZNING» so‘ziga qaratgani bejiz emas. «Erdo‘g‘onning bu xitobi Rossiya tomoniga qaratilgan. Chunki Rossiya 250 yildan beri Istanbulni dunyo pravoslaviyasining poytaxti qilishni va shahar nomini yana Konstantinopolga o‘zgartirishni orzu qiladi. Boshqacha aytganda, jumhurboshqanimiz ruslarga: «Istambulni tushingizda olasiz! Istanbul – bizniki!», dedi», deyishmoqda turkiyalik jurnalistlar va ekspertlar. Shu yil yanvar oyida Bolgariya mustaqillik bayrami bois gapirgan Putin. Bolgariyani kim Turklardan ozod qilganini eslanglar deb aytgandi.

Matchon suqilish: Rossiyada karam va sabzi qimmatlashdi. Endi uylanmoqchi bo‘lgan o‘rislar kalishni ichiga nima soladi?

(kulgi ovozi)

RT: Ey matchonboy hammayoqda sabzi va karam narxi keskin oshmoqda. Baxor sovuq keldi. Turkiya, Misr va O‘zbekistonda yosh karam hali pishmagan.

Shu bilan birga,  ayrim mahalliy ishlab chiqaruvchilar sabzavot sotishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin,  narxlar oshishi sababli yanada qulay shart-sharoitlar kutilmoqda. Bizning bobo dehqonlar tushundiya nima ekish kerakligini. Sabzi ekish kerak. Bo‘libam sariq sabzi. Xorazmda gashir deydi buning otini. Gashir Putinga yarashir.

Putin qo‘ng‘iroq qilsa Xitoy rahbari ham ko‘tarmayapti. Xatto Qozoq rahbari To‘qay ham «alyo eshitilmayapti. Aloqa chatog‘» deb trubkani qo‘yib qo‘ygani haqida gap bor. Shuni aytadida ishongan tog‘ingda kiyik o‘tlamas deb. Yaxshiyam do‘ppi kiygan qoshi qora  vassallar bor. Ho‘o‘ desang «hay» deydi.

O‘zbekiston so‘zda «neytralmiz» deya bosqinchi kreml rejimining sanktsiyalarni aylanib o‘tishiga xizmat qilayotgan bir paytda dunyo Ukrainani qo‘llamoqda. Rasmda ko‘rayotganingiz Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi metro poezdi. Ukraina bayrog‘i rangiga bo‘yalgan vagonga «Ukraina biz sen bilanmiz» deya yozilgan. Insoniyat qotil Putin rejimi bilan emas¸ balki qaxramon Ukraina bilan yelkadosh.

Rossiya biznesi vakillari endi tovarlarni O‘zbekiston orqali Yevropaga bojsiz yetkazib bera oladi – deb yozmoqda Sputnik nashri.

Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonning Yevropaga bojsiz eksport tizimiga (GSP+) kirish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin bo‘lar emish.

Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar beribdi.

Tarix takrorlardan iborat

Birinchi jahon urushi paytida Chor Rossiyasi Angliya va Frantsiya bilan birgalikda Germaniya, Italiya va Avstro-Vengriyaga qarshi jang qilgan.

O‘shandayam mullolar: “O‘risning qimmatbaxo qog‘ozini olinglar”, deb, boylarni ishontirgan.

Toshkentlik boylar yanaday boyib ketamiz, deb, bir sandiq tilloga bir sandiq veksellarni ayirboshlaganlar.

Oltinlar  Rossiyaga chiqib ketgan. Chor Rossiyasi ag‘darilgach, o‘rniga avval Muvaqqat hukumat so‘ngra Sho‘rolar keldi.

Bir sandiq qimmatbaho veksel bir sandiq qog‘ozga aylandi.

Hozir ham Rossiya urushga kirishdi. O‘zbekistonga rus rubli kirib, dollar suvday oqib ketyapti.

Ertaga Rossiya defolt bo‘lsa, rubl ham qog‘ozga aylanadi.

Ba'zi mustaqil iqtisodchilarning ishonishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotini hozirdanoq yaxshi deb bo‘lmaydi.

Rahbariyat chetdan yana 6 milliard dollar qarz so‘ragan. Birato‘la 45 milliard bo‘lsin, deyapti.

Bu ketishda, O‘zbekiston qarzi tugul qarzning foizini ham to‘lay olmay qoladi.

Iqtisodchilar O‘zbekistonda tashqi boshqaruv joriy etilishi xavfi bor, degan fikrda.

Xon saroyidagi pilorama

O‘zbekiston tarixining muxim burilish nuqtalaridan biri sodir bo‘lgan Xiva yaqinidagi xonning yozgi rezidentsiya binosi yomon ahvolga kelib qolgan. O‘zbekiston Madaniyat vazirligining o‘z vaqtidagi e'tiborsizligi oqibatida bino devorlari teshilib uch fazali elektr kabellar o‘tkazilib yog‘och kesadigan piloramaga aylantirilgan. Drenaj sistemasi yo‘q qilingani oqibatida binoni zax bosib nuray boshlagan. Madaniy meros obidalari Turizm vazirligiga o‘tganidan keyin boshqa obidalar qatori bu bino ahvoliga ham Toshkentdan turib jiddiy e'tibor qaratildi. Ammo bu e'tibor va havotirni maxalliy mulozimlar ritorikasida ko‘rmayapmiz. Ular avvalgi kabi «hech narsa qilmaslik»bilan band. Bino qadimiy yodgorlik o‘laroq saqlab qolinishi kerak. Sohaga mutasaddi bo‘lgan mahalliy rahbarlar va ayniqsa viloyat zamhokimi janob Botir Saidov qadimiy obidalar saqlanishiga e'tibor berishga majbur. Xorazmdagi qadimiy obidalar insoniyat tamaddunining bir qismi hisoblanadi. Buni bilish uchun janob Saidov va boshqa maxalliy mulozimlar o‘qib o‘rganib o‘z ishiga fokuslanishi lozim. Keyingi 30 yilda aynan xorazmdagi mahalliy mulozimlar qadimiy obidalarni saqlash masalasida katta volyuntaristik xato yo‘nalishni tanlashdi. Ular obidalarni asli qanday bo‘lsa shunday konservatsiya qilib saqlash o‘rniga «novodel yevroremont» qilib «yaltillatib» ta'mirlash¸ ko‘zdan pana yodgorliklarga esa umuman e'tibor bermaslik yo‘lidan borishdi. Bunga misollardan biri Xivadagi qadimiy marmar lavhalar ustidagi qadimiy yozuvlarning bolgarka bilan qirib tashlanishi bo‘ldi.

Bunga chek qo‘yish kerak. Soxaning qanday rivojlanishiga mutaxasislar qaror bersin. Savodi haminqadar¸ korruptsiyaga moyil rahbarchalardan jamiyatga ham¸ qadimiy obidalarga ham katta zarar yetadi.

Buni 30 yildan beri yuzlab misollarda ko‘rib kelyapmiz.

Matchon Suqilish: Xonning saroyini hukumatdan tortib olib yog‘och yo‘nadigan oddiy kosibga berilishining nimasi yomon? Xiva yaqinidagi Gandimiyon rezidentsiyasi nega bugun o‘ta muxim bo‘lib qoldi?

RT: Eh Matchon, hukumatning bu saroyi sen o‘ylagandan ancha oldin sharmandali tortib olingan edi.  Rossiya qo‘shinlari 1873 yilning bahorida Xivani egallaganlaridan so‘ng, o‘sha yilning 12 avgustida Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasida Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlog‘idagi xonning yozgi saroyida shartnoma tuziladi. Kapitulyatsiya ruhidagi bu shartnomaga ko‘ra, xon rus podshosining vassaliga aylandi va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum etildi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar Rossiyaga o‘tdi va u yerda Amudaryo bo‘limi tashkil etilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Bo‘lim boshlig‘iga Xiva hukumatining faoliyatini kuzatib turish topshirildi. Gandimiyon shartnomasiga binoan rus savdo kemalarining Amudaryoda erkin harakat qilishi uchun imtiyozli huquq berildi. Rus sanoatchi va savdogarlari butun xonlik hududida bojsiz savdo kilish, yer sotib olish, sanoat korxonalarini qurish huquqini oldi. Rus fuqarolarini mahalliy sudlar sud qilolmaydigan bo‘ldi. Bundan tashqari, xon Rossiya hukumatiga 2 mln. 200 ming so‘m tovon to‘lash majburiyatini oldi. Shunday qilib, Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligini Rossiyaning mustamlakasiga aylantirib qo‘ydi.

Bu binoning tarixiy ahamiyati bugun yana dolzarb. Xorazmdagi faqat Rossiya TVni ko‘radigan mahalliy yoshullilar ziyofatlarda «Putin va kremlni» maqtab O‘zbekiston mustaqilligi va mamlakat prezidenti Mirziyoev obro‘yini tushirayotgani haqidagi aniq ma'lumotlar Eltuzda mavjud.

Oldin ham aytganimdek, mahalliy mulozimlar orasida O‘zbekiston mustaqilligi, kolonial tarix haqida tushuntirish ishlari olib borish kerak.

Har yaltiroq shisha sinig‘i emas

«Yangi O‘zbekiston» osmoniga ilib qo‘yilgan «yulduz»larga doimo skeptik qaraganman. Biznesmen Zafar Hoshimov borasida ham skeptik edim. Ammo «Ukraina voqealariga munosabat» degan lakmus qog‘ozi Zafar Hoshimovning vatanparvar ekanligini o‘rtaga chiqardi. Gap shundaki, ashaddiy kremlparast bo‘lgan bir tip (Bahrom Ismailov) Hoshimovni o‘z klubiga taklif qildi. (birga o‘risparastlik qilaylik, degan ma'noda) Hoshimov esa bu o‘risparastni Rossiya kemasi ketgan tomonga yo‘lladi. O‘risparastnig hafsalasi pir bo‘lib, Hoshimov bog‘chasiga toshlar ota boshladi. «Yanglishibman¸ pista po‘chog‘idan kema yasayman, deb o‘ylabman», degan ma'noda qarg‘ishlar portsiyasini yo‘lladi. Hoshimovning vatansevar vatandosh ekanligini o‘rtaga chiqishini ta'minlagan bu o‘risparastga ham rahmat. Uzoqdan yaltillagan narsa brilliant emas, oddiy shisha sinig‘i bo‘lishi mumkin. Ammo Zafar Hoshimov shisha sinig‘i emas.

Dunyoviy ilm fanga asoslangan zamonaviy meditsina bukrining xo‘kkisini ham davolay oladi. Ammo o‘risqul zombilarni faqat go‘r tuzatadi. Ular o‘la o‘lguncha zombi va o‘risqul bo‘lib qolaveradi. Xozir o‘ris propaganda TV sini targ‘ib qilgan Berdiev deganni blokladim. U mening do‘stlarim safida ekan. O‘ris propagandasi degan moxov kasal yuqtirganlar bilan do‘st ham tanish ham bo‘la olmayman. Ular o‘lguncha izolyatsiyada bo‘lishi kerak.

Bir paytlar to‘ydagi o‘rtakashga yalinib so‘z olib, poyintar-sayintar gapirishga ishqibozlar bo‘lardi. Hozir esa millionta grammatik xato bilan almoyi-jalmoyi komment yozishga ishqibozlar ko‘paygan. Matnni o‘qimay qarg‘ish, sannash janridagi inshosini yozib qo‘yadi. Demak, koment yozishdan oldin mana bu talablarni bajargan bo‘lishingiz kerak:

1. Ravon va tutilmay o‘qish. Matn mazmunini tushuna oladigan darajada savod; 2. Kamida uch jumlani orfografik va grammatik xatosiz yozishni eplash (Masalan, «Olim olma ol» degan so‘zni yoza olish); 3. Kamida 100 gacha sanashni bilish; 4. Maktabning 4-sinfi darajasida bazaviy ma'lumot lozim (Yerning yumaloqligi¸ geografiya¸ biologiya haqida birlamchi ma'lumotlar). Bu shartlar bajarilgan deb o‘ylasangiz, yana o‘zingizga savol bering: o‘zi nima demoqchisiz? Aytadigan muhim gapingiz bormi? Qarg‘ash¸ sannash¸ so‘kish va tahdid qilishdan boshqa tuzukroq fikr keldimi kallaga? Kelmagan bo‘lsa¸ yaxshisi yozmang. Borib kitob o‘qing. Alifbe yoki boshlang‘ich sinflar uchun o‘qish kitobi siz uchun mos. Yana sanashni va husnixatni o‘rganing. «Olim olma ol»ni xatosiz yozsangiz, mamlakat kelajagi uchun buyuk odam bo‘la olasiz. Eng kamida prezident maslahatchisi yoki Bosh prokuror bo‘lib ishlay olasiz.

Zaif va qusurli odamlar boshqalardan qusur izlab takfir qiladi. Ular DXX raisi yo prezident xotiniga tik qarashga ham qo‘rqadi. Xatto nik ostiga yashirinib ham kuch qudratli odamlarga biror so‘z deya olmaydi. Chunki qudratli odam bu kaltakesakni inidan otashkurak bilan sug‘urib olishini biladi. Qisqasi qo‘rqoq. Ammo Munisaga¸ Nozimga yoki boshqalarga tashlanadi. Ëzuvchi Vilyam Shekspirning lug‘ati 12 ming so‘zdan iborat. «Mumbo-Yumbo» odamxo‘rlar qabilasidagi habashning lug‘ati 300 so‘z. «12 stul filmidagi Elochka esa bor yo‘g‘i 30 so‘z bilan fikrini ifodalagan. Bu urodlar esa bor yo‘g‘i 8 ta so‘zni biladi. Ularni yarmi o‘rischa so‘kishning

buzilgan varianti. 1. Xuyet qivossanmi? 2. Yeban.3. Do‘zzoxda yonasan.4 Jallab.5 Bizni mintaletimizaga to‘g‘ri kemiydi. 6.Buvingni¸ ayangni¸ singlingni… 7 cho‘qindingmi. 8 Sani butilkaga o‘tqazish kerak.

Shu so‘zlardan mingta xato bilan jumla tuzib takfir qilishadi.

Bularni bitta koloniyaga qamab sanashni yozish va o‘qishni o‘rgatish kerak. Bular muloqotga noloyiq biomassa. Bit yo burga bilan muloqot qilinmaydi. Ularni ezib o‘ldiriladi. Shunda gigienaga rioya qilingan bo‘ladi. Kun oydin biratlar. Komandovat paradom budu ya!

O‘zbekiston va Turkiya harbiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlash niyatida. Shu maqsadda kengaytirilgan harbiy bazaviy bitim imzolandi.

Hujjatni ikki davlat Mudofaa vazirlari – Bahodir Qurbonov va uning hamkasbi Hulusi Akar imzoladi.

Mana bu boshqa gap. Do‘st bo‘lsang yonimda tur…

Assallom O‘zbekiston Juma muborak!

Rassom Tuz

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 iyul 2022
Konstitutsiyaga o‘zgartish oldidan to‘polon ko‘tarilgan Qoraqalpog‘istonda hamon internet ishlamay turibdi, mahalliy aholi ayrim hududlarda elektr toki yo‘qligini aytmoqda. «Eltuz» ...
6 sentyabr 2017
5 sentyabrda O‘zbekistonda konvertatsiya ochilishi bilan, horijiy valyuta faqat konversion kartochkalarga o‘tkazish orqali sotilishi ma'lum bo‘ldi. Garchi rasman O‘zbekiston ...
26 oktyabr 2020
Hammani turli to‘lovlarga majburlaydigan Majburiy to‘lov byurosi xodimlarining o‘zi majburiy paxta terimiga majburlanmoqda.  “Majbur” so‘zi ustida qurilgan bu gap ...
24 may 2018
Muhammad Bekjonning ukasi Rashid Bekjon ham deyarli Toshkentdagi 1999 yil 16 fevral portlashi sodir bo‘lgan kuni qamalgan akasi Komil ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...