Catira
27 iyul 2017

Ozodbekning «keldiyu-kettisi» haqida

Telekanaldan yoshlar «hidini chiqarish» uchun «boshliq» qilib tayinlangan xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ketganligini har kim har hil talqin qilmoqda. Hatto Mirziyoev uni Bosh direktor qilib tayinlamadi deb ham aytishmoqda.

Faktlarga murojaat qilaylik.

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev «Kamolot» qurultoyida 1 iyuldan boshlab «Yoshlar» kanaliga xonanda Ozodbek Nazarbekovning direktor etib tayinlanishini aytdi.

Mirziyoev Nazarbekovni «TV kattasi, Bosh rejisseri va eng katta boshlig‘i qilib tayinladim» dedi.

Ana shundan keyin Kanal direktori Shavqiddin Jo‘raev ishdan olinib, o‘rniga Nazarbekov tayinlandi.

Asnoda prezident qurultoyda hozir bo‘lgan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbarini «Nazarbekovga xalaqit bermaslik» haqida ogohlantirdi.

«Ozodbekka meshat qilsang, odamlaringning 50 foizini kesib tashlayman», degan edi Mirziyoev MTRK rahbarini sensirab.

3 iyul kuni Nazarbekov «Yoshlar» telekanali yangi rahbari sifatida Xalqaro press-klubning yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan tadbirida taqdim qilindi.

Yangi bosh direktorni taqdim qilgan press-klub rahbari Sherzod Qudratxjo‘aev Nazarbekov «Ëshlar telekanalini Xitoy uslubida» yangilashidan umid bildirdi.

Xalq artisti esa o‘zini «buyuk reformator» kabi tutib «bu o‘zgarishlar juda tez bo‘ladi»deya gapirdi.

«Ancha yillardan beri, san'atning qaysi yo‘nalishi bo‘lishidan qat'iy nazar, sohadagi kamchilik va yutuqlarni o‘zim tabiiy ravishda, ehtimol kasb taqozosi bilan, beixtiyor kuzatib kelaman».

«Yoshlar» telekanalini juda katta o‘zgarishlar kutyapti. Juda ham katta o‘zgarishlar! Buni yaqin kunlarda muxlislar seza boshlaydi», – deya xalq artisti va'da berdi.

Ijtimoiy tarmoq esa «qo‘shiqchining TV rahbari bo‘lishiga salbiy munosabat bildirdi. Eltuz nashrida bu holat hajv qilingan karikaturalar chop qilindi.

Ozodbek Nazarbekov esa bu tanqidlarga qaramasdan uzoq va samarali rahbarlik qilish va'dasini berdi.

«Buning televideniega nima aloqasi bor?», degan gaplar bo‘lyapti. Tosh otish — eng oson ish. Tosh otish uchun u odam haqida hech narsa bilmaslikning o‘zi yetadi. «Yoshlar» telekanaliga rahbarlikka tayinlanishim men uchun kutilmagan taklif bo‘ldi, shunday bo‘lsa-da, kuzatishlarim davomida o‘ylab qo‘ygan ma'lum bir rejalarim, fikrlarim, loyihalarim bor edi. Telekanaldagi o‘zgarishlar sekin-sekin emas, juda tez bo‘ladi» dedi xalq artisti.

Xalq artisti aytgan «tez o‘zgarish» uning TV rahbari qilib tayinlanganidan 26 kun o‘tib ro‘y berdi.

Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar» telekanali direktorligidan ketdi.

«Yoshlar» telekanaliga esa ayni soha «tuprog‘ini yalagan» Madamin Safarov direktor etib tayinlandi.

Rassom Tuz bu holatni birovni qo‘lidan don yeyiladigan qafasdan qutilgan qush vasiyatiga mengzatdi.

Bayt budir: Shundoq qolurmi, qolurmi? Qafasdan qutilgan qush qaytib o‘zini solurmu?

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 sentyabr 2024
Bu maqola aslida 31 avgust kuni, sovet zulmidan azob chekkan yurtsevarlarni xotirlash kuni yoyinlashi kerak edi. Lekin boshqa tarafdan ...
3 fevral 2016
2 fevral kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida davom etgan «Fermer Aramais ishi»ning maxkama jarayonida davom etdi. Prokuror Sh. Turdibekov, ...
31 avgust 2018
«U bir og‘iz gapirmadi, yerga qarab o‘tiraverdi. Rahmim keldi, ochig‘i. Men bir bahona topib chiqib ketsam, to‘yib to‘yib yig‘lab ...
27 avgust 2020
“O‘zbekiston” telekanali orqali 2020 yil 26 avgust kuni uzatilgan ijtimoiy-siyosiy ko‘rsatuv ekspertlari yana bir bor yirtiq kiyim bosh kiyishni qoralab chiqishdi. So‘zga chiqqanlardan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...