chorshanba,
18 dekabr 2024
4 sentyabr 2017
Bosh vazirning qudasi TVga nega qaytdi?
O‘zMTRKda yil davomida uzluksiz rais almashuvidan so‘ng tag‘in Alisher Xo‘jaev rais bo‘ldi.
Uni shu yilning fevralida Mirziyoev ishdan bo‘shatgan edi.
Alisher Xo‘jaev 29 avgustda ishdan bo‘shatilgan Bobur Alixonov o‘rniga keldi.
Bobur Alixonov 2 avgust kuni lavozimidan ketgan Xurshid Mirzohidov o‘rniga kelgan edi.
Alixonov 27 kun O‘zMTRKga raislik qildi. Orada, xonanda Ozodbek Nazarbekov ham «Yoshlar» kanaliga 26 kun raxbar bo‘lib oldi.
O‘zMTRKning «yangi» eski raisi, Alisher Xo‘jaev Bosh Vazir Abdulla Aripovning qudasi bo‘ladi.
2005 yildan buyon TVga raxbarlik qilib kelgan Alisher Xo‘jaevning lavozimiga tiklanishi bilan, eski uslubdagi ko‘rsatuvlar ham qaytgani, jonli ko‘rsatuvlarga chek qo‘yilgani iddao etilmoqda.
Rassom Tuz
Eltuz.com