chorshanba,
18 dekabr 2024
14 sentyabr 2017
«Salom maktab – hayr o‘qituvchi!»
O‘zbekistonda paxta terimi boshlanganiga bir xafta bo‘ldi, turli maqomdagi mulozimlarning bu yil paxta terimiga o‘qituvchilarni jalb qilmaslik haqidagi va'dalari qog‘ozda koldi.
12 sentyabrdan boshlab, aksariyat ta'lim va tibbiyot muassasalari o‘z xodimlarini paxta dalalariga jo‘natdi.
Aftidan, odamlarni paxtadan ozod etish haqida Toshkentdan real komanda hali berilmagan. Ma'lum bo‘lishicha, avgust boshidanoq maktab raxbarlari o‘qituvchilardan paxtani «sifatli» va «o‘z vaqtida» terib olish majburiyati bilan tilxatlar ola boshlagan.
Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan o‘qituvchilar ko‘ngillilar qatorida paxtaga ketarkan, savol tug‘iladi: Maktabdagi darslar nima bo‘ladi? Qoldirilgan soatlar o‘rni nima bilan to‘ldiriladi?
Rassom Tuz
Eltuz.com