Catira
22 noyabr 2017

Mirziyoev so‘kma desa ham hokimlar so‘kaveradi

Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev maktab direktorlari va o‘qituvchilarini «hayvon», «shoqol», «eshshak», «gadoy», «padaringga la'nat» deya haqoratladi.

16 oktyabrdagi majlisdan yozib olingani aytilgan,»Ozodlik» radiosi ochiqlagan 27 minutlik audioda Rahmatullaev paxta terimiga kam odam jo‘natgan erkagu ayol pedagoglarni tuban so‘zlar bilan haqorat qiladi.

Ma'lum bo‘lishicha, majlisda shahardagi 50 ta maktab, 12 ta kollej, litsey, 70 ta bog‘cha rahbarlari, masjidlar imomlari, tibbiyot xodimlari, militsiya va prokuratura rahbarlari qatnashgan.

“Tupurganman senlarga, ey tvarlar! Nafas oladigan o‘zingga o‘xshagan nechta shoqol bor, ey iflos?” deydi hokim kollej rahbarlarini birma-bir turg‘azib.

Bu yilgi paxta mavsumida hokimlarning so‘kong‘ichligi tendentsiyaga aylandi

1 noyabrda Parkent tumani hokimi Ne'matulla Abdullaevning yig‘ilishda aytgan bolaxonador so‘kishlari ham odamni vahimaga soladi.

45 minutlik audioda Parkent hokimi byudjet tashkilotlari rahbarlari sha'niga 120 dan ziyod uyat so‘z ishlatgan.

Bundan oldinrok ijtimoiy tarmoqda Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdievning maktab direktorlarini bittalab savalagani tasvirli video tarqalgandi.

15 noyabrdagi selektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoev rahbarlarning «xizmat vakolatini suiiste'mol qilib, qo‘l ostidagilarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgani»ni qoralab gapirgandi.

Biroq o‘zi ham qo‘li ostidagilarga qo‘polligi bilan tanilgan prezident so‘zlarining samimiyligi shubhali. Chunki yuqorida nomi keltirilgan hokimlar hamon o‘z mansabida qolishmoqda. Odamlarni haqorat qilishgani uchun ularga qandaydir jazo berilgani jamoatchilikka ma'lum emas.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 mart 2018
Bundan 65 yil oldin, 1953 yilning 18 mart kuni Germaniyaning Myunxen shahridagi radiostantsiyadan o‘zbek tilida ilk bora mana bu ...
27 aprel 2017
Prezident Mirziyoevning tabiiy gazni sotishni xususiy operatorlarga o‘tkazishga oid hujjatni imzolashi ortidan, o‘zbek matbuotida bu qarorni olqishlovchi materiallar paydo ...
10 oktyabr 2016
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik ...
21 iyul 2017
Joriy yil boshida Turkiyadagi Reina tungi klubiga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan Abduqodir Masharipovga ko‘mak berganlikda gumonlangan 42 yosh, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...