O‘lgan jo‘ja va qurigan limon pulini MIB undirmoqda
Noyabr oxiriga kelib Mirziyoevning «qishloqlardagi har bir xonadonning tovuq boqishi va limon yetishtirishi»ga imkon yaratishga oid tashabbusi o‘zini oqlamagani ayon bo‘ldi.
30 noyabr kuni Toshkentdagi banklardan birining «Eltuz» muxbiri gaplashgan mikrokredit bo‘limi xodimi 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha bo‘yicha kredit liniyasining dekabrdan to‘xtatilganini tasdiqladi.
Majburiy ijro byurosi (MIB) nozirlari esa aholining yil boshida olgan kreditlarini undirishga kirishgani haqida xabar berdi «Eltuz»ning Andijondagi manbasi.
Prezident Mirziyoev tashabbusi bilan shu yilning fevral oyida hukumatning «shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolangan edi.
Qaror asosidagi loyihada jami 4 million 208 ming xonadonga 100 tadan parranda boqish, 1 million 70 ming xonadonga tsitrus o‘simliklari yetishtirish uchun kreditlar ajratish belgilandi.
Olingan qarzlarni undirishga safarbar qilingan MIB nazoratchilarining vakolatlari esa bugungi kunda ancha kengaytirilgan.
MIB prezidentning «tovuq, limon, echki» tashabbusidan uch oy o‘tib, «aholining to‘lov intizomini kuchaytirish maqsadida» tashkil etilgan, 1 iyundan faoliyat ko‘rsata boshlagan edi.
Rassom Elsevar
Eltuz.com