Ëshlar ittifoqi jinoyatchilarni jazodan qutqarib qola oladimi?
Ëshlar ittifoqi kafilligi ostida jinoyatchilar sud zalidan ozod qilinmoqda. Lekin bu kafillik shu yilning 27 sentyabrida qamoqqa olingan jurnalist Bobomurod Abdulla yoki 12 nafar mahkum faol va jurnalistga taalluqli emas.
«Shu yilning o‘zida jami 173 nafar fuqaroga nisbatan jazo tayinlashda jamoatchilik kafilligi e'tiborga olindi, 63 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilindi, 11 nafar shaxs javobgarlikdan ozod qilindi, 97 nafar shaxsga nisbatan yengilroq jazo turi qo‘llandi», dedi prezident.
Mirziyoevning bu chiqishidan so‘ng «Eltuz» muxbiri mahkum jurnalist Bobomurod Abdullaning onasi Gavharjon Madaminova bilan bog‘landi.
Madaminova uch oydan ortiq MXX yerto‘lasida himoyasiz so‘roq qilinayotgan o‘g‘li oldiga na yaqinlari, na advokatlari qo‘yilmayotgani aytdi.
Shuningdek, u o‘g‘liga nisbatan na avf, na amnistiya qo‘llanishi haqida gap ham bo‘lmayotganini bildirdi.
Mahalla yig‘inlari, Yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar qo‘mitalari kafilligi ko‘proq ko‘cha bezorilari, o‘g‘ri va boshqa jinoyatchilariga qo‘llanilayotgan ko‘rinadi.
Rassom Tuz
Eltuz.com