Kundalik
15 dekabr 2015

Jukovskiy 18 yil qamoqqa hukm qilindi

Bugun Ostersund tuman sudi Obid Nazarovga suiqasdda ayblangan toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyni 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi.

Shvetsiyada taniqli imom Obid Nazarovga o‘q otilgan mash'um 2012 yilning 22 fevralidan buyon davom etgan tergov surishtiruvlarida Yuriy Jukovskiyning ko‘plab telefon so‘zlashuvlari, bir uchi O‘zbekistonga bog‘liq jinoiy guruhlarga aloqador daliliy ashyolar sinchiklab o‘rganib chiqilgan.

Sud shuningdek, jinoyat joyi yaqinida tashlab ketilgan ryukzakdan topilgan to‘pponchani asosiy dalil sifatida tan oladi, Toshkentdan jo‘natilgan qotil imomni ayni to‘pponcha orqali og‘ir yaralagan deya hisoblaydi.

Bu ryukzakni qotil bir kun avval Ostersund do‘konidan harid qilgan edi.

Shuningdek sudda O‘zbekistondan muxolifat vakillarini yo‘q qilishga jo‘natilgan qotillar guruhi kallakesarlaridan biri Tigran Kaplanov (o‘zbek pasportiga ko‘ra Umidbek Aminov) bilan Yuriy Jukovskiy aloqalari fosh etildi.

Nazarovning advokati Rayan, Eltuz.com muxbiri bilan suhbatda, Toshkentdan jo‘natilgan Yuriy Jukovskiyning sherigi  Tigran Kaplanov parallel tarzda o‘zbek muxolifati lideri Muhammad Solihga va boshqa shaxslarga ham suiqasd tashkil qilgan ayni shaxs ekanini bildirdi.

Qotil ustidan ilk hukm o‘qildi, biroq Shvetsiyadagi mahkama davom etishi oldinda kassatsiya muddatlari borligi aytilmoqda.

Qudrat Bobojon,

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 may 2016
Bir necha kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning 600 million dollarga yaxta sotib olgani duv-duv gap bo‘lyapti. Ba'zan ...
14 fevral 2022
Bu hikoya Qoraqalpog‘istondagi turkman qishlog‘ida tug‘ilgan jamoatchilik faoli va bloger Jumasafar Dadaboev haqida. 2016 yilda, hali u jamoatchilik faoliyati ...
31 avgust 2020
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishida Buxoro amirligining roli katta bo‘lganini hech kim inkor qila olmasa kerak. Uchta xonlikdan ...
17 iyul 2018
64 yoshli sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon 16 iyul kuni AQShning Sietl shahrida oilasi, farzandlari va nabiralari bilan uchrashdi. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...