chorshanba,
18 dekabr 2024
15 yanvar 2018
Mirziyoev elchixonalarni MXX ayg‘oqchilaridan tozalamoqchi
Prezident Mirziyoev 10 yanvar kuni o‘zbek elchilari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida elchixona xodimlari ortidan poylab yuradigan «murda»larni qaytarib olishini aytdi.
«Elchixonada bir-ikkita idoralar vakillari ishlaydi, men hammasini qaytarib olaman. Bo‘ldi, u zamon tugadi. Elchi – prezidentning vakili, sizlarning orqalaringdan poylab yuradigan anovi «murda» emas!», dedi Mirziyoev elchixonalardagi MXX xodimlarini nazarda tutib.
Shuningdek, prezident bundan buyon elchilarning asosiy vazifasi eksport, investitsiya va turizm bo‘lishi kerakligini bildirdi.
Rassom Tuz
Eltuz.com