Catira
29 yanvar 2018

Korruptsiyada ayblangan mulozimlarning “oqlanishi”dan kimga foyda?

Toshkent shahri markazidagi modern me'morchilik namunasi bo‘lgan Kinochilar uyi va boshqa binolarning buzilishi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspektsiyasi boshlig‘i Kozim To‘laganov “tashabbusi” sifatida ko‘rilmoqda.

Karimov davrida korruptsiyada ayblangan bu shaxs Mirziyoev iqtidori davrida “oqlanib”, yuqori lavozimga tayinlangan edi.

2006 yilda Kozim To‘laganov Toshkent shahri sudi tomonidan iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, 1 yillik sinov muddati bilan 20 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Sud Kozim To‘laganovga davlatga 1 million 300 ming dollar miqdorida keltirilgan ziyonni to‘lash majburiyatini ham yuklagan.

Bosh vazir Abdulla Aripov ham Shvetsiyada boshlangan korruptsiya mojarosi figurantlaridan biridir

Mirziyoevning boshqaruv tizimida ismi korruptsion janjallarda figurant bo‘lgan shaxslar ko‘pligi kuzatiladi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2012 yilda telekommunikatsiya sohasidagi korruptsiya janjali ortidan ishdan quvilgan edi.

O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning chet el shirkatlaridan mamlakat telekommunikatsiya bozoriga kirish uchun pora olgani bilan bog‘liq janjal ham o‘sha paytda kommunikatsiya sohasini nazorat qilgan mulozim Aripov ismi bilan bog‘lanadi.

Shvetsiya prokuraturasi apellyatsiya sudiga taqdim qilgan TeliaSonera mas'ul xodimlarining o‘zaro yozishmalarida ular O‘zbekistonda biznes boshlashdan avval Gulnora Karimova bilan aloqa o‘rnatishga uringaniga ishora bor.

O‘zbekistonning bugungi boshqaruv elitasiga Mirziyoev amri bilan “qaytarilgan” mulozimlardan biri Tohirjon Jalilovdir.

Karimov davrida urilib, Mirziyoev hukumatga kelgach, rahbarlik lavozimiga qaytgan Tohir Jalilov “O‘zbekoziqovqatxolding” shirkatiga rahbar etib tayinlandi. Jalilov “GM – Uzbekistan”ni boshqargan payti korruptsiyada ayblanib hibsga olingandi.

Keyinchalik unga qo‘yilgan ayblovlar bekor qilinib, “O‘zavtosanoat” boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari qilib tayinlandi.

O‘zbek avtomobil sanoatidagi korruptsion sxemalarni bank orqali amalga oshirganlikda ayblangan “Asakabank” aktsiyadorlik tijorat banki sobiq raisi, 49 yashar Qahramon Oripov o‘tgan yilning aprelida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining apellyatsiya sudlov hay'ati qarori bilan sud zalidan ozod qilingan edi.

Rassom Dumham bu holatni o‘z karikaturasida “Shayton sudga kirib Rahmon bo‘ldi” degan mazmunda aks ettirdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 iyul 2016
O‘zbekistonda «tinchlikni madh etish uchun» mafkura klipi sifatida tayyorlangani aytilayotgan ayni klip musiqasi o‘zgarmagan, biroq tasvirlarda uning eski nusxasi ...
23 iyul 2018
«Arsenal» klubi yarim himoyachisi, 29 yoshli Mesut O‘zilning turk ekanligi Germaniyaning jahon chempionatidagi omadsizligi bois, uning yuziga solindi. «Agar ...
3 yanvar 2018
3 yanvar kuni ham davom etgan Erondagi namoyishlar ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida turlicha talqin etilmoqda. Kimdir bunda Amerikaning qo‘li ...
25 iyul 2016
XIV asr oyoqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “yo Ollox do‘st, yo Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...