Catira
8 fevral 2019

G‘or odamining televizorga qarshi urushi

Aytaylik, g‘orda yashaydigan ibtidoiy odam yoniq turgan televizorni ko‘rib qoldi.

Uning ilk reaktsiyasi qanday bo‘ladi? Albatta, dastasi yog‘och tosh quroli bilan bu notanish «yov»ga qarshi kurashga kiradi.

Balki g‘or odami televizorga qarshi kurashmas? Kim biladi deysiz?

Lekin bu voqea ibtidoiy zamonlarda emas, shu bugungi kunlarda o‘zbeklar orasida uchramoqda.

Filmlar, TV seriallar dublyaji bilan shug‘ullanuvchi artistlar ishini harom deya maqola chop etgan tolibon ruhidagi o‘zbek sayti Diniy qo‘mita tanqidiga uchradi.

Diniy saytda e'lon qilingan maqolaga ko‘ra, artistlar seriallarni ovozlantirish bilan “bolasiga harom luqma yedirgan” bo‘lishadi.

Maqola muallifi dublyaj artistlarini “millatning eng ashaddiy xoinlari, buzg‘unchi, ikkiyuzlamachi, munofiq kimsalar”, deya qoralab, hammani ularga qarshi kurashishga chorlaydi.

“Aks holda oxiri yomon bo‘ladi”, deya tahdid soladi maqola muallifi.

Maqola ortidan ijtimoiy tarmoqda izohlar paydo bo‘ldi.

«Ayollaringizni tim qora qopga solib, chandib, nafas olishi uchun teshik qoldirib, yerto‘laga olib tushib, o‘ra qazib, o‘sha yerga tiqib, ikki qavat eshik bilan tambalab, o‘zingiz eshik tagida uxlang, shunda siz targ‘ib qilayotgan jamiyatni quramiz», deb yozdi, jumladan, feysbuk yuzeri Xurshid Yo‘ldoshev.

Biroq ko‘p o‘tmay, TV artistlarini sazoyi qilishni ko‘zlagan maqola saytdan g‘oyib bo‘ldi.

O‘zbekistonda televizorga qarshi isyonning bugungi nishona shakli qo‘shni Afg‘onistonda «ancha kamol topgani»ni kuzatish mumkin.

Toshkentdagi o‘zbek sayti serialga ovoz berganlarni xalq dushmani deb sazoyi qilayotgan paytda Mozori Sharifdagi o‘zbek televizorning o‘zini do‘pposlamoqda.

Rassom Kirpi televizorni do‘pposlayotgan mutaassib dindorning ayni kulgili holatini aks ettirdi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 oktyabr 2019
Chiqib ketishi oldidan sudya qo‘limga ayblov xulosasi va hukmni tutqazib uzr so‘radi va xayrlashish uchun qo‘lini uzatdi. Lekin men ...
9 iyun 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. Sizlarning yuzingizga qarab tabassum qilish imkoniga ...
18 dekabr 2015
Malohat Eshonqulova mustaqil jurnalist, Eltuz.com Jizzaxlik qonun idoralari xodimlari, xususan «Do‘stlik» tuman IIB katta tergovchi Orif Anorboev O‘ktam Pardaevga ...
21 oktyabr 2015
Bir kun internetsiz yashadim. Yashasa bo‘lar ekanu, ammo juda qiyin, judayam qiyin. Kecha kechki payt ishdan kelib noutbukni yoqsam ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...