Catira
21 fevral 2018

MXX kuratorlari masjidni tark etdimi?

Prezident Mirziyoevning Milliy xavfsizlik xizmatini keskin tanqidlar qilgani ortidan masjidlardagi MXX xodimlari faoliyati ham cheklana boshlandi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepov 17 fevral kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi.

Diniy idorada ishlovchi xodimning «Eltuz»ga bildirishicha, Aydarbek Tulepov u yerda MXX vakili sifatida ishlab kelgan.

Tag‘in uning bildirishicha, MXX kuratorlarining masjidlardagi faoliyati ham vaqtincha to‘xtatilgan.

Bu xabarlar prezident Mirziyoevning keskin tanqidi va MXX tarkibini qisqartirish tadbirlari ortidan paydo bo‘ldi.

«…Pogon kiygan noinsoflarga birorta davlatda unday vakolat berilmaydi. 37-yilda ham bunday (emas) edi», dedi prezident MXXning mislsiz hokimiyatga ega bo‘lganiga ishora qilib.

Bunga qadar MXXning Korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi butunlay tugatilgan.

MXX raisi Rustam Inoyatov ishdan olingan. Uning o‘rniga ilgari MXX tizimida ishlamagan Ixtiyor Abdullaev tayinlangandi.

Undan ham ilgari MXXning viloyatlardagi 11 nafar rahbari va bir qancha generallari ishdan haydalgan edi.

O‘zining navbatdagi hajviy suratida Rassom Kirpi diniy ulamolar bo‘ynidagi MXX tizginini bo‘shatishga urinayotgan mamlakat prezidentini aks ettiradi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 noyabr 2015
Bugun 12 noyabr kuni ertalab 21 yil qamoqda bo‘lgan, 4 marta raskrutka qilingan taniqli muxolifatdagi siyosatchi Murod Jo‘raev ozod ...
23 avgust 2018
Turma boshlig‘i polkovnik Mavlonovning buyrug‘i bilan Muhammad Bekjonni nihoyat ancha yengilroq ishga, etikdo‘zlik sexiga o‘tkazishadi. U yerda jurnalist so‘zga ...
14 dekabr 2018
Mashhur o‘zbek satira ustasi, aktyor Obid Asomov 14 dekabr kuni Toshkent shahrida 55 yoshida olamdan o‘tdi. Bir necha kun ...
24 mart 2024
Salim Abduvaliev 2023 yilning 1 dekabr kechasi Toshkentdagi uyida hisbga olingan edi. Eltuz insayderlariga ko‘ra, navbatdagi “maski shou” amaliyotida ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...