Catira
27 fevral 2018

Yirik korruptsioner o‘g‘rilar ortidan aymoqlarini qamoqqa tortishmoqda

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning 23 fevral kuni hibs etilishi ortidan yana bir qancha mulozimlarning qo‘lga olingani «Eltuz»ga ma'lum bo‘ldi.

Qodirovning sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Sunnatov, sobiq davlat maslahatchisi Jamshid Fayziev, Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi sobiq boshlig‘i Ulug‘bek Xurramov, Toshkent shahri prokurorining korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirag‘lam Mirzaev shular jumlasidan.

Shuningdek, sobiq bosh prokuror ishi bo‘yicha gumondorlarning qarindoshlari, masalan, Farhod Mamajonov, Mirag‘lam Mirzaevning xotini va farzandlari ham tergov qilinmoqda.

Ayni paytda cobiq bosh prokurorning o‘g‘li Alisher Qodirovning O‘zbekistondan qochib ulgurgani haqida «Eltuz»ga xabar keldi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Alisher Qodirov bir qancha tijorat shirkatlari bilan bir qatorda «Konsul» xususiy advokatlik idorasi rahbari bo‘lgan.

Uning advokatlik idorasi orqali prokuratura bilan bog‘liq masalalarni «hal qilish» narxi 250 ming dollardan 20 million dollargacha bo‘lgan.

Shuningdek, Rashid Qodirovdan sal ilgari qamalgan MXX podpolkovnigi 42 yoshli Nodir To‘raqulovning hibsga olinishi ortidan uning qudasi Erkin Norqobilovga nisbatan ham jinoyat ishi ochilgani haqida «Eltuz»ga xabarlar keldi.

Erkin Norqobilov ham sobiq bosh prokurorning o‘g‘li kabi qochishga ulgurgan va hozirda u qidiruvga berilgan.

Nodir To‘raqulov va Erkin Norqobilovga tegishli barcha boylik, turar joy, avtomashinalar musodara qilingan.

Bu ma'lumotlar prezident Mirziyoevning qamoqqa olingan MXX amaldorlari «bulbuldek sayrayotgani» haqidagi gaplari ortidan yuzaga chiqyapti.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 may 2017
Respublikadagi ko‘plab informatsion dasturlarning yopilishi evaziga tashkil qilinayotgan «O‘zbekiston 24» telekanali 27 iyundan efirga chiqadi. Bu kanal dasturlari O‘zbekiston ...
13 mart 2020
Hafta aylanib, yana sizlar bilan yuzma-yuz bo‘lganimdan mamnunman, azizlar. Hafta ichida kim qadri uchun, yana kimdir qorni uchun yig‘ladi. Kimdir ...
7 fevral 2019
Rassom TuzEltuz.com
17 oktyabr 2016
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston matbuoti bosh vazirning virtual qabulxonasini salkam «adolat uyi»ga tenglashtirib qo‘ydi, desak xato bo‘lmaydi. Hozir har bir ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...