Catira
12 mart 2018

O‘zbek-tojik chegarasining ochilishi Hojiboyning orzusi edi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi ortidan ikki davlat o‘rtasidagi yopiq chegaralar ochildi va ikki mamlakat vatandoshlari uchun 30 kunlik vizasiz kirish-chiqish tartibini joriy etish haqidagi bitimga erishildi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, shuningdek, ikki hukumat o‘rtasida 2019 yil oxirigacha chegaralarni minalardan tozalashga kelishilgan.

O‘tgan asrning 90-yillari oxiridan buyon o‘zbek hukumati Tojikistondagi vatandoshlar urushi bahona mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarni minalashtirib keladi.

Tojikiston matbuotiga ko‘ra, 1999 yildan buyon minalardan 76 nafar odam halok bo‘lgan. Minalardan O‘zbekiston vatandoshlari ham halok bo‘lgani aytiladi, biroq bu haqda rasmiy statistika hozirgacha ochiqlanmagan.

Ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi chegaralarning ochilishini rassom Kirpi mashhur o‘zbek qiziqchisi, Tojikistonning Leninobod viloyatida tug‘ilgan marhum Hojiboy Tojiboev orzusi tarzida aks ettiradi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 aprel 2016
Ma'lum bo‘lishicha, 19 yoshida jinoyati uchun qamalib, 3 yildan so‘ng amnistiya asosida ozodlikka chiqqan yangiyo‘llik fuqaro uzoq vaqt bir ...
27 iyul 2016
O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat so‘nggi olti oy davomida o‘zgarishsiz qolgan, deyiladi hisobotda. Mahkumlarga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabat, din ...
3 may 2021
3 may kuni taniqli huquq faoli Sur'at Ikromov 76 yoshida Toshkentda vafot etdi. U umrining 20 yilini siyosiy va ...
15 iyun 2022
30 yildan buyon Toshkentda ishlayotgan turkiyalik 56 yoshli tadbirkor Ug‘ur Aqin (Ugur Akin) “New Life Insurance” MChJdan ikki million ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...