Catira
17 mart 2018

Chubarev: Qrimda migrantlar Putin saylovchilari sifatida ko‘rsatilmoqda

Rossiyada 18 mart kuni Vladimir Putinning yana bir bor prezidentlikka saylanishi kutilmoqda. Federatsiya hududlaridan tashqari 2014 yili Rossiya ishg‘ol qilgan Qrimda ham saylov tashviqoti boshlab yuborilgan.

«Yarim oroldagi okkupatsion OAV allaqachon Rossiyadagi prezident «saylovi» syujetlarni tayyorlashga kirishdi, bu ishga mehnat migrantlari jalb qilinmoqda», dedi Qrimtatar majlisi rahbari Refat Chubarev «112 Ukraina» telekanalidagi chiqishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tashviqotchilari saylovda mahalliy aholi orasidan odam yetishmasligini his qilishmoqda va bunga ishg‘ol qilingan hududga 2014 yili kelib qolgan mehnat migrantlarini jalb etishmoqda.

«Ular allaqachon bu ishga odamlarni jalb qilishmoqda, shu maqsadda Simferopol aeroportida, Tavrida harbiy yo‘l qurilishida ishlayotgan mehnat migrantlarini, aytish joiz, slavyan qiyofasida bo‘lmagan odamlarni yig‘ib kelishmoqda. Ularni go‘yo saylovda qatnashish uchun kelgan mahalliy xalq sifatida ko‘rsatishadi», – deydi Chubarev.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqda ham o‘zbeklar Rossiya prezidenti foydasiga «Biz ovoz berdik, siz-chi?» deya nomlangan fleshmoblarini boshlashgan.

«Ba'zan Rossiyadagi «saylovlar»ni trollantirayotgan bunday odamlarni ko‘rish kulgili, ular bir paytlar O‘zbekistondagi «saylovlar»da o‘ynab berishgandi, endi tag‘in o‘zlarining absurd postiklari bilan lentani axlatga to‘ldirishmoqda», deya yozadi bu haqda feysbuk sahifasida #ketmenizatsiya xeshtegi ostida jizzaxlik bloger Rafael Sattorov.

Rossiyadagi bu yilgi prezident saylovi ayni Qrim ishg‘ol qilingan sanaga to‘g‘ri kelmoqda.

Qrim yarim oroli Rossiya armiyasi nazorati ostida o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, 2014 yilning 18 mart kuni Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan edi. Rus rasmiylari referendum ishtirokchilari Rossiyaga qo‘shilish uchun 96,77 foiz ovoz berganini aytishadi.

Saylov arafasida Ukraina hukumati Qrimda Rossiya prezidentligiga saylov o‘tkazilishiga o‘z noroziligini bildirib, BMT bosh kotibiga yo‘llagan.

Bayonotda BMTga a'zo davlat rahbarlariga Ukrainaning Rossiya bosib olgan Qrim va Sevastopolda 18 mart kuni Rossiya prezidentligi saylovi o‘tkazilishiga qarshi ekani bildirilgan.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 dekabr 2016
Jahon hamjamiyati, o‘zbek fuqarolik jamiyati faollari va YeHHT kuzatuvchilari saylovlarning bu safar ham eskicha o‘tganini e'tirof qildi, garchi o‘zbek ...
30 dekabr 2020
Kechgan yil bir vaqtlar Gulnora Karimova o‘tkazgan tadbirlarga o‘xshagan “yolg‘on” tadbirlar bilan to‘la bo‘ldi. “Ëshlar forumi” “Ëshlar bilan uchrashuv” ...
28 sentyabr 2016
Ba'zi imomlar, hattoki, paxta terish har bir musulmon uchun «vojib amal» deya hukm chiqargan, shu bilan birga, Ozodlik radiosi ...
7 aprel 2020
Taniqli hofiz Rustam Hojimamedov Samarqandiy 6 aprel kuni AQShning Nyu-York shahrida koronavirusdan o‘lgani haqida yaqinlari ma'lum qildi. «Qurbon o‘lam» ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...