Catira
24 mart 2018

«Lo‘lining eshagini so‘y – pulini ol»

Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanidagi lo‘lilar yashaydigan mahallada eshak so‘yib sotish sanoat miqyosida amalga oshirilgan.

Shu yilning mart oyi o‘rtalarida «Eltuz»ga yetib kelgan xabarlarga ko‘ra, so‘yilgan eshak go‘shti Toshloq tumanida somsa qilib sotilgan.

Eshak go‘shti bilan bog‘liq janjal bundan oldin ham matbuotga mavzu bo‘lgan edi.

Dastlab Samarqand viloyatida yashirincha eshaklar so‘yib sotilgani haqida «Eltuz» 2016 yilning dekabrida ochiqlagan edi.

«Eltuz»ga yetib kelgan foto va videotasvirlarda jar yoqasidagi behisob skeletlar yotgan eshak qabristoni aks etgan edi.

«O‘zbekiston 24» kanali orqali «sazoyi» qilingan farg‘onalik qassob Ozod Botirov

Ko‘plab eshaklarning shu yerning o‘zida chala so‘yilgani, ularning uyilib yotgan qontalash go‘shtlari va terilarini ko‘rish mumkinligi qassoblar harom-harish bu ishni tezroq yakunlashni ko‘zlaganidan ham dalolat beradi.

Voqeani «Eltuz»ga izohlagan ayrim mutaxassislar eshaklarning terisi va suyagi uchun so‘yilganini taxmin qilishgan, suyagi tegirmonda maydalanib, mol ozuqasiga qo‘shilishini aytishgandi.

2017 yilning noyabriga kelib, Bosh prokuratura huzuridagi departament eshak go‘shti Toshkentning mashhur «Sharshara» brendi ostida chiqarilgan kolbasalarga qo‘shilganini tasdiqlagan edi.

Taniqli o‘zbek kinotasvirchisi Abdulaziz Mahmudov «Eltuz» bilan suhbatda eshak go‘shtini sotish sovet davrida ham mavjud bo‘lganini bildirdi.

«Hamma joylarda ilgaridan bor edi bu holat. Men 1981 yili Qoraqalpog‘istonga safarga borgandim. Beruniydan Nukusgacha cho‘lda kabobxonalar bo‘lardi… Biz vaqti-vaqti bilan to‘xtab ovqatlanganmiz…

Kaboblari juda shirin, go‘shtlari katta-katta, orasida qo‘y dumbasi bilan bir sixi arzimagan 50 tiyin turardi…

Nukusga yetib borib, kabobni maqtasak, bizning ustimizdan qoraqalpoq do‘stlarimiz kulgan… Eeee, nodonlar, eshak go‘shtini yegansanlar, deb izza qilishgan», deya eslaydi suhbatdosh.

Endilikda eshaklar Farg‘onada ham ko‘plab so‘yilayotgani, go‘shti esa somsaga ishlatilayotgani 23 mart kuni «O‘zbekiston 24» kanali orqali praym-taymda namoyish qilindi.

Hali aybi sud tarafidan aniqlanmagan qassoblar, aybsizlik prezumptsiyasiga zid tarzda, ko‘rsatuvda ommaviy sazoyi qilindi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 mart 2021
Bir og‘aynim qo‘qqisdan men haqimda daholarcha bashorat qilib bunday deb qoldi: Kerak bo‘lsa, ming foiz kafolat beramanki, seni yurtimizda ...
12 may 2023
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova  ko‘chada yuzlab odamlarning Stalinni olqishlab, qichqirishini qonuniy deb baholadi.
5 noyabr 2015
30 oktyabr kuni militsiya xodimlari Yakkabog‘ tumani Amir Temur jamoa xo‘jaligi, Xo‘ja Ilg‘or mahallasida yashovchi Manzura Turobovaning 6 sigiri ...
12 may 2017
12 may kuni Toshkentda atoqli o‘zbek shoiri Tursunboy Adashboev yurak hurujidan vafot etdi. Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarida O‘sh ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...