Catira
6 aprel 2018

O‘zbeklar miyasini yuvayotgan rus sahifalari tarmoqdan quvildi

Facebook ning 87 milliontagacha foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlar Cambridge Analytica kompaniyasi tomonidan siyosiy konsalting maqsadlarida yig‘ib borilgani haqidagi xabarlar ortidan mazkur ijtimoiy tarmoqqa nisbatan ishonchsizlik ortdi.

Bu xabarlar fonida AQShdagi prezident sayloviga ta'sir qilganlikda ayblanib, Rossiyadagi Internet tadqiqotlari agentligi (ITA)ning Facebook dagi 270 dan oshiq sahifasi o‘chirib tashlangani haqidagi ma'lumotlar paydo bo‘ldi.

Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook foydalanuvchilari haqida qo‘lga kiritgan ma'lumotlarni turli siyosiy maqsadlarda qo‘llagani iddao qilinmoqda.

Bu haqda yozgan Facebook asoschisi Mark Tsukerbergning yozuvlarida O‘zbekiston nomi ham bor. Bu agentlik tomonidan manipulyatsiya qilingan davlatlar qatorida Ozarbayjon va Ukraina tilga olinadi.

Tsukerberg o‘chirib tashlangan sahifalarning ayrimlari Rossiya axborot guruhlariga qarashli deb taqdim etilganiga qaramay, aslida ITA tomonidan nazorat qilingan.

Bu xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lyapti. Jumladan, u yerda tarqalgan ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, uz domenida ro‘yxatga olingan podrobno.uz, nuz.uz, vesti.uz internet saytlari ham aynan ITA tomonidan nazorat qilinadi.

O‘zbekistonlik ayrim blogerlar SSSRni “sog‘ingani”ni yashirmaydigan Vladimir Putinning sobiq sovet imperiyasini qayta tiklash g‘oyalarini targ‘ib qilayotgan bu kabi saytlarga O‘zbekiston mustaqilligiga tahdid sifatida qarashga chaqirdi.

Rossiyaning Internet tadqiqotlari agentligi “trollar fabrikasi” deb ham ataladi. U Rossiyaning amaldagi hukumati manfaatlari yo‘lida jamoatchilik fikriga ta'sir etish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniya xodimlari ijtimoiy tarmoqlar va OAVda postlar va izohlar tarqatish orqali jamoatchilikda muayyan fikrlar uyg‘otish maqsadida ishlaydi. Jumladan, bu maqsadlar uchun internetdagi feyk akkauntlardan foydalanadi.

Mazkur xabarlar o‘zbekistonlik yuzerlarni ham befarq qoldirayotgani yo‘q. Xususan, Cineclub Paradiso badiiy rahbari Aziz Hakimov so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistondagi jamoatchilik fikri aksariyat hollarda Rossiya televideniesi vositasida shakllanayotganidan tashvish bildirdi.

“Rossiya TVsining ayanchli parodiyasiga aylangan o‘zbek televideniesini umuman tomosha qilib bo‘lmaydi, u ommabop emas”, deb yozadi yuzer.

Uning ta'kidlashicha, so‘nggi yillarda Rossiya TVsi tashviqotga sho‘ng‘ib ketgan va u O‘zbekiston fuqarolarini bir tomonlama fikrlaydigan, o‘zga fikrlarni eshitishni ham istamaydigan zombilarga aylantirib qo‘ymoqda.

“TV, internet, OAV orqali tarqatilayotgan Rossiya tashviqoti bizni o‘z domiga tortmoqda va bunga erishyapti”, deb yozdi Aziz Hakimov.

Uning fikricha, aholimizni shu singarri o‘ta distruktiv, maqsadi adovat uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish bo‘lgan xavfli axborotlardan imkon qadar himoyalash zarur.

Aziz Hakimov Rossiya TVsining bunday ko‘rsatuvlari qatorida “Vremya pokajet”, “Vremya”, “60 minut”, “Vecher s Vladimirom Solovyovыm”, “Vesti”, “Dmitriy Kiselyovning mualliflik dasturlari, “Mesto vstrechi”, “Pravo golosa” va “Pravo znat” singarilarni misol qilib keltiradi.

“Fergana.ru” va “Ozodlik”ni taqiqlagandan ko‘ra Rossiyaning buzg‘unchi OAVlarini taqiqlagan ma'qulroq”, deydi u.

“Chunki boshqa mamlakatning tobora kuchayib borayotgan targ‘ibot mashinasi fuqarolarimizning ongini shakllantirishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deya qo‘shimcha qiladi Aziz Hakimov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2023
O‘zbekiston rahbariyati konstitutsiyani ochib o‘qib ko‘rsa bo‘lardi. (Harf taniydi degan yaxshi niyatdamiz) Konstitutsiyada vatandoshlarning teng huquqli ekani va hech ...
10 iyun 2022
Minutlar soatlarni, soatlar esa sutkalarni quvalay quvalay bir xafta o‘tdi. Mana juma keldi. Yana «Rassom Tuz nima deydi ekan?» ...
19 aprel 2018
Do‘ppido‘z chevar Hamida Yunusova 25 yildan buyon do‘ppi tikadi. Bu hunar unga oilaviy an'ana bo‘lib, juvon do‘ppi tikishni opalaridan ...
24 noyabr 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...