Catira
9 iyul 2019

Mirziyoev: «O‘qishingni tugatmasdan sani zamministr qilay!»

Prezident Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanidagi uchrashuvida Vestminster universitetining 3-kurs talabasiga turizm vaziri o‘rinbosari bo‘lishni taklif qildi.

O‘zini Saidakbarxon deya tanitgan 23 yashar talabaning turizm muammosini taksichilarga ingliz tilini o‘rgatish orqali hal qilish taklifidan quvongan prezident undan so‘radi:

«San nechanchi kursda o‘qiyapsan?»

«3-kurs»

«Qachon tugatasan?»

«Keyingi yil, xudo xohlasa…».

«Tugatmasdan man sani turizmga zamministr qilib olay hozir. Sanga o‘xshagan odam kerak manga! (Qarsaklar) Bitta narsani bilgin! Yonganing kerak manga. Mmulozimlariga yuzlanib) Aziz, man sanga shuncha odam top deyman, mana-ku tayyor».

«O‘zi bu taklif bo‘yicha Aziz akamga qanaqa qip chiqishni bilmayatuvdim, endi bu osonroq bo‘ldi», – dedi talaba prezidentning kulgisi va zaldagilarning qarsaklari ostida.

«Tariximizda birinchi marta qoladi. Olmazordan esdalik bo‘lsin», dedi prezident.

Hodisadan hayratlangan rassom Kirpi tezgina uni o‘z ijodida aks ettirdi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 iyun 2023
O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahrining yangi hokimi Shavkat Umurzoqov bilan birga poytaxt markazi – ...
17 iyul 2017
«Mana bitta misol, ertalab men Internetni o‘zim ochib o‘qidim, buni menga hech kim bermaydi!» dedi Mirziyoev deputatlar bilan 12 ...
26 fevral 2024
Tarixchi olim Anvar Nazir 2018 yilning 26 fevral kuni «Eltuz» nashriga Qo‘qonda Qo‘qon muxtoriyatining 100 yilligi tadbirini o‘tkazishga ruxsat ...
6 yanvar 2016
Aramays Avakyan va uning do‘stlari ustidan sud bugun soat 11 da, kutilmaganda boshlandi. Sudlanuvchilarning yaqinlari sud boshlanishi haqida tasodifan ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...