Catira
14 sentyabr 2018

Vazir o‘quvchilarning sazoyi qilinganini qoraladi

«O‘zbekiston 24» kanalining kiyinish madaniyati «tanqid qilingan» 12 sentyabr kungi «Xalqaro Press klub» ko‘rsatuvida TV jurnalistlarining o‘zlari etika qoidalarini qo‘pol buzishdi.

Shu kuni TV jurnalistlari Toshkent shahrining 110 va 50- maktablari hududidagi «maktab formasi» kiymagan o‘quvchi va o‘qituvchilarni ularning va ota-onalarning iznisiz TV orqali ochiq ko‘rsatib sazoyi qilishdi.

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov muhim muammolarni unutib, tinimsiz o‘quvchilar formasi haqida yozayotgan, kasb etikasini unutgan jurnalistlarni o‘z «Facebook» sahifasida qoralab chiqdi.

«Etikaga ko‘ra, agar televidenie orqali shaxs roziligisiz biror kishi salbiy obrazda namoyish etilsa, ularni kimdir tanib qolmasligi uchun yuzlarini yopish kerak bo‘ladi. Taraqqiylashgan jamiyatda shaxsni ommaviy tahqirlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, ayniqsa, bolalarni», deya yozdi Sherzod Shermatov.

O‘z hamkasblarining harakatini «Turon-24» nashri jurnalistlari ham qoralashdi. Maqolaga ko‘ra, ko‘rsatuvda «kalta yubka kiygan, soch o‘stirgan, yuzlarini bo‘yagan o‘quvchilar bilan birga ustoz-murabbiylar»ning kiyinishlari qoralangan.

«Lekin birortasining yuzlari yopilmagan yoki tanimas darajada berkitilmagan. TV jurnalistlari shu tariqa o‘z kasbini suiiste'mol qilgan holda inson huquqlarini poymol qilgan».

Shunga o‘xshash holat joriy yilning 1 aprelida efirga uzatilgan, yoshlarning istirohat bog‘larida qo‘l ushlashib yurgani, o‘pishgani qoralangan «Yashirin kamera» ko‘rsatuvi jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

Ko‘rsatuvda uning boshlovchisi 22 yashar Badriddin Husniddinov yoshlar oldiga kamera bilan qo‘qqisdan borib so‘roqqa tutadi.

3 aprel kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi bu ko‘rsatuvni uzatgan «Mening yurtim» telekanalini xalqaro va mahalliy qonunchilik me'yorlarini buzganligi haqida rasmiy ogohlantirish bergan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 noyabr 2015
Bugun, 2015 yil 16 noyabr kuni taxminan ertalab soat 8.30 huquq himoyachisi O‘ktam Pardaevning Jizzax shahridagi uyiga militsiya xodimlari ...
25 sentyabr 2020
Mana, azizlarim, hafta aylanib diydor ko‘rishdik. Hafta ichida internetning o‘zbek segmenti nafrat bilan to‘la bo‘ldi.  Avvaliga koreyalik erjonlarga posilka ...
25 dekabr 2018
O‘zbekistonda import hajmi eksportga nisbatan davomiy ravishda ortib borayotgani qisqa va o‘rta istiqbolda mamlakat tashqi qarzlarining keskin ko‘payishiga olib ...
8 aprel 2019
So‘nggi vaqtlarda tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli bo‘lgan mulkning Milliy gvardiya foydasiga tortib olinayotgani bilan bog‘liq ikkita mojaro kuzatildi. Bularning birinchisi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...