Doktor va fermerlarga milisalar qasam ichirdi
Respublika viloyatlari bo‘ylab fermerlarning «davlat xirmoniga mo‘l hosil yetkazib berish» qasamyodiga keltirishi ijtimoiy tarmoqda kulgiga sabab bo‘lmoqda.
21 noyabr kuni dalada harbiylar kabi belkurak ushlagan xorazmlik yigitlarning, prezidentga va fermer akalariga «sodiq va sergak ishchi bo‘lishga, bellari sinib qolguncha ishlashga» qasamyodi parodiya qilingan video tarqaldi.
Video so‘nggida «qasamyod»ni qabul qilib olgan yigitning «Ish bajarish uchun olg‘a» buyrug‘i yangraydi va yigitlar askarlar kabi saflanib, qo‘shiq aytib qadam tashlashadi.
Baxtiyor akamni o‘zi bir yona,
Komil akamni o‘zi bir yona,
Ergash akamni o‘zi bir yona
Izlarini topolmay
Man qolaman hayrona
Qorago‘z bo‘y bo‘yi-bo‘y!
Qorago‘z bo‘yi-bo‘y!
Rasman Fermerlar kengashi tashabbusi deya qabul qilinayotgan, biroq bosh vazir selektor yig‘inida berilgan topshiriqqa asosan o‘tkazilayotgan majburiy-ixtiyoriy «tantanali qasam ichish» marosimlari ichki ishlar xodimlari nazorati ostida 22 noyabrgacha davom etadi.
Rassom Tuz
Eltuz.com