Catira
11 dekabr 2018

«Bi-Bi-Si» o‘zbek xizmati «O‘zbekiston do‘stlari» qatorida mukofotlandi

Toshkentda 10 dekabr kuni «Ijtimoiy media mahsulotlari» tadbirida «Bi-Bi-Si» o‘zbek xizmati «O‘zbekiston do‘stlari» diplomi bilan mukofotlandi.

Tadbirda diplom va shu nomdagi esdalik «Bi-Bi-Si» o‘zbek xizmati bosh muharriri Xayrullo Fayzga berildi.

«Umid qilamanki, bu taqdirlash o‘zbek hukumatining «Bi-Bi-Si»ga nisbatan munosabati iliqlashgani, qandaydir ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani nishonasidir. «Bi-Bi-Si» dunyoni O‘zbekistonga, O‘zbekistonni dunyoga tanitishda davom etadi», dedi «Turon 24″ga bergan intervyusida «Bi-Bi-Si» jurnalisti Xayrullo Fayz.

Jurnalistlar e'tiroficha, «Bi-Bi-Si» O‘zbekistonda birinchi marta do‘st sifatida taqdirlangan. 

«Mana, do‘stlashib ham oldik: Akkreditatsiyadan oldin mukofot chiqibdi, 🍾😁» deya yozdi «Bi-Bi-Si» muxbiri Rustam Qobil o‘zining feysbuk sahifasida.

Prezident Mirziyoev Frantsiyaga safari chog‘ida «Bi-Bi-Si»ning yana bir muxbiri Ibrat Safoning: «Bi-BiSi»ga qachon ruxsat bo‘ladi? Bo‘ladimi O‘zbekistonga?» degan savoliga «Albatta, bo‘ladi», deya javob bergan edi. 

2018 yilning mayida esa «Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomovaga rasman akkreditatsiya berilishi ham Mirziyoev boshlagan islohotlar natijasi sifatida baholangandi.

Rassom Mahmud Eshonqulov
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 mart 2016
30 mart kuni Chilonzor, 23-mavze uchastka noziri, sud ijrochilari va 10 ga yaqin, o‘zini tanishtirmagan fuqaro kiyimidagilar jurnalist 47 ...
19 mart 2023
1989 yilning 19 martida Toshkent markazidagi Lenin (hozirgi Mustaqillik) maydonida norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi. Mitingni “Birlik” xalq harakati tashkil ...
16 fevral 2024
Ismingiz shu'lasidan qamashar ko‘zim qarayman har bir harf irodasiga o‘zimga chap berib yura boshlayman eng go‘zal alfavit qorachig‘imda. MS: Og‘a ...
5 may 2020
2016 yil 29 dekabr kuni uchinchi otryad boshlig‘i oldimga kelib: – Sizga “muassasa ichki tartib qoidasini buzdi”, deb hujjat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...