Kundalik
30 mart 2016

Sud ijrochilari jurnalistni jazolash uchun kuyovidan qasd olishdimi yo ma'lumot izlashdimi?

30 mart kuni Chilonzor, 23-mavze uchastka noziri, sud ijrochilari va 10 ga yaqin, o‘zini tanishtirmagan fuqaro kiyimidagilar jurnalist 47 yoshli Maloxat Eshonqulovaning to‘ng‘ich qizi oilasiga tegishli uyga bostirib kirib ularga tegishli uy jihozlarini musodara qilishgan.

Sud ijrochilari o‘z harakatlarini, Maloxat Eshonqulovaning sudga jarimadan 13 million so‘mdan ortiq qarzi borligi, «Eshonqulova qaysi uyda yashayotgan bo‘lsa, o‘sha uydagi jihozlarni musodara qilishlari» bilan izoxlashgan.

Jurnalist va huquq himoyachisiga bu jarima jazolari sud qaroriga ko‘ra O‘zbekistonda o‘tgan turli piket va noroziliklarda ishtiroki uchun belgilangan.

«Eng noqonuniy jihati, Uchtepa tuman sud ijrochilari kuyovimga tegishli uydan uy jihozlarini, moddiy qiymatga ega mol-mulklarni olib ketishayotgan bo‘lsa-da, nomiga dalolatnoma tuzib, dalolatnoma nusxasini menga va yo uy egalariga bermasadan olib chiqib ketishdi», – deydi adolatsizliklardan alamzada jurnalist.

O‘ziga o‘t qo‘yish bayonoti

Maloxat Eshonqulova Uchtepa tuman sud ijrochilarining noqonunniy hatti-harakatlari qarshi norozilik sifatida prezident mahkamasi binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘yishi haqida bayonot berdi.

2010 yildan buyon mustaqil jurnalist va huquq faoli sifatida faoliyat yuritib kelayotgan, ungacha Davlat Teleradiokompaniyasida ishlagan Maloxat Eshonqulova bayonotini O‘zbekiston hukumati, prezidenti va sud idoralaridan tashqari, BMT, YeI, Xalqaro jurnalistik va inson huquqlari tashkilotlari, diplomatik korpus vakillariga ham jo‘natgan.

Bayonotida u, jumladan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi to‘g‘risida” qarorlar sabab o‘zini doimiy yoki vaqtincha propiska qila olmasdan poytaxtda, qizi va kuyovi bilan yashashga majbur bo‘lgani, Sud ijrochilari esa sud jarimalaridan qarzi borligini aytib, kuyovi va qiziga tegishli jixozlarni olishganini yozadi.

Maloxat «Uy egasi kelmaguncha kiritmayman» deyishiga qaramay, o‘nta basavlat erkaklar uni chetga surib uyga bostirib kirishgani, bittasi shu zahoti uning noutbugini olgani, boshqasi fotoapparatiga yopishganini aytadi.

«Aslida, sud ijrochilariga mening kompyuterim, orgtexnikam kerak edi xolos. Ular meni nima qilib bo‘lsa ham qamoqqa tiqish payida. Shu sababdan ham fleshkalarim bormi, modem, fotoapparat, noutbuklarimga hujum qilishdi» deydi Eshonqulova Eltuz.com muxbiriga .

Isyon aktsiyasi «2016 yilning 4 aprel kuni soat 14.30 da – prezident apparati binosi oldida» amalga oshirilishi haqida bayonotida yozarkan, «men o‘limdan qo‘rqmayman, meni O‘zbekiston tuzumidagi adolatsizliklar ko‘proq xavotirga soladi!» deya bildiradi u.

Huquq himoyachilari taqdiridan xavotir

Xalqaro hamjamiyat o‘zbek hukumatning huquq himoyachilariga qarshi huruji yildan yilga kuchayib borayotganini kuzatib keladi.

Ayniqsa o‘tgan yil paxta mavsumidagi majburiy mehnat monitoringi faollariga qarshi qaratilgan tajovuzlarni eslash mumkin.

O‘shanda jizzaxlik huquq himoyachisi O‘ktam Pardaevga jinoiy ish ochilgan, huquq himoyachisi Dmitriy Tixonovning uyiga o‘t qo‘yilgandi.

Shuningdek, paxta dalalariga reydga chiqqan Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar bir necha bor ushlangan, Xazorasp tumanida esa ular tahqirli tarzda yechintirib tintuv qilingan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2021
Turkmanistonda 14 yoshli dzyudochi Sulaymon Tursunboev jangda prezidentning qarindoshiga «yutqazib berish»dan bosh tortgani uchun o‘ldirildi. Fojea fevral oyining boshlarida ...
6 aprel 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 aprel kuni Kremldagi O‘zbekiston-Rossiya rasmiy delegatsiyalari uchrashuvida Namanganda tug‘ilgan milliarder Alisher Usmonov bilan issiq ...
22 sentyabr 2016
15 sentyabr kuni xalqaro kriminal avtoritet G‘afur Rahimov O‘zbekiston Interpoli qidiruvidagi shaxslar ro‘yxatidan cirli tarzda olib tashlandi, ayni paytda ...
2 aprel 2023
1918 yilning 2 aprelida Turkistondagi qozoq milliy ozodlik harakati bo‘lgan «Alash o‘rda» partiyasi yetakchilari o‘sha davrda SSSR rahbarlari bo‘lgan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...