Catira
18 dekabr 2018

R.T.dan tilak: Omad sizga yor bo‘lsin!

Sizga omad tilayman, azizim. Oddiygina omad.

Ko‘chada ketyapsiz, sizni moshina bosib ketmadi. Tasodifan o‘rmonda murdani ko‘rib qolib politsiyaga xabar berganingizda sizni qotil deb qamab qo‘yishmadi. Siz kech qolgan poezd ag‘darildi. Kema cho‘kdi. Uchoq portladi. Siz omadli bo‘lganingiz uchun tiriksiz. SPIDga chalinmadingiz. Chernobilda nurlanmadingiz. Sizni kimdir aldab Suriyaga jihodga ham yubormadi. Siz omadli jentelmensiz.

Ishonmasangiz, balkondan pastga qarang, avtomobilingiz g‘ildiragini hali o‘marishmadi. Sizga omad yor bo‘lsin. Xuddi Avstraliyadagi Bill Morgan kabi. Bill Morgan reanimatsiya karavotida 14 minut o‘lik holatda yotdi. Uni o‘ldi deb daftarga qayd qilishdi. Ammo u ko‘zini ochdi. Qon bosimi normallashdi. Yurak urishi ham joyiga keldi. Hatto bu omadli jentelmen ko‘zini ocharkan, o‘zida oshig‘ich seksual ishtahani ham his qilib, xamshiralarga suqlandi.

Bill Morgan o‘zining tirilishi sharafiga kasalxona do‘konchasidan bir shisha pivo va oniy lotereya bileti sotib oldi. Lotereya biletini pivo qopqog‘i bilan qirib ko‘rganida narxi 27000 dollar turadigan mashina chiqdi. Mana buni omad desa bo‘ladi. Buni eshitgan Avstraliya TVsi Bill Morgan haqida reportaj tayyorladi. Morganni videoga olayotgan kamerachi ayni do‘konchadan yana bir lotereya sotib olishni so‘radi. Kamera qarshisida Morgan yana bir lotereya sotib olib, ustini qirtishladi. Bu safar Morgan 250 ming dollar yutgan edi. Jonli efirda buni tomosha qilgan Avstraliya aholisi Morgan quvonchiga sherik bo‘ldi.

Omad sizga ham yor bo‘lsin, azizim. Hech bo‘lmaganda taxtako‘pirlik qorovul kabi.

P.S: Taxtako‘pirda qorovul bo‘lib ishlaydigan yigit sariyog‘ pachkasi ichidan 100 million so‘mlik yutuq topgani haqida xabar tarqalgan edi. 

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 noyabr 2018
2018 yilning 29 noyabr kuni Xorazm viloyati jinoyat ishlari sudi binosida jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi majlisi ...
3 fevral 2022
Shvetsiyadan qochqinlik maqomini olgan o‘zbek faoli Muhiddin Qurbonov 2 fevral kuni  saraton kasalligidan vafot etdi. Bu haqda Eltuzga xabar ...
27 sentyabr 2018
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergovchilaridan birining “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, Pskentda jazoni o‘tayotgan 55 yashar Jur'at Meliqulovga hujum qilishga ...
6 iyun 2019
Andijon viloyati hokimi o‘tkazgan matbuot anjumanida mahalliy televidenie rahbari xorij ommaviy axborot vositalarini “umumiy dushmanimiz”, deb atadi. Shu kunlarda ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...