Prezident Mirziyoev uchun sug‘ur kuni
Prezident Mirziyoevning 21 yanvar kuni Berlinga rasmiy tashrifi chog‘ida «Ozodlik» jurnalisti Shuhrat Bobojonning «Ozodlik radiosidan sizga salomlar», degan replikasi internetda ovoza bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti olqishlov guruhi oldidan o‘tarkan, uning jurnalistga javoban: «Mingdan ming rahmat. Kelinglar, sog‘ bo‘linglar», degani eshitiladi.
O‘tgan yili prezidentning Frantsiyaga tashrifida Bi-Bi-Si jurnalisti Ibrat Safo ayni shunday imkoniyatdan foydalanib prezidentdan «Bi-Bi-Siga ruxsat bo‘ladimi?» deya so‘ragan. Prezident unga «Albatta, bo‘ladi», deya javob ham bergan edi.
2018 yilning mayida AQShga safari chog‘i «Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomova prezident Mirziyoev bilan uchrashuv paytida «Dunyo o‘zbeklariga bir nima deng», deya xitob qilgan edi.
Rassom Tuz mamlakat prezidentidan suhbat olishga intilayotggan xorijiy jurnalistlarning mashhur «Sug‘ur kuni» filmidagi kabi yillar o‘tib ham o‘zgarishsiz qolayotgan harakatlarini tasvirlaydi.
Rassom Tuz
Eltuz.com