Ixtiyor Abdullaevning ketishi navbatdagi rokirovkami?
DXX raisi Ixtiyor Abdullaevning lavozimidan bo‘shatilib, o‘rniga Abdusalom Azizovning tayinlanishini 11 fevral kuni Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov ham izohladi.
«Bir tomondan, DXX rahbariyatidagi Inoyatov pozitsiyasi zaiflashtirilib, Mirziyoev hokimiyat vertikali kuchaytirildi. Boshqa tomondan, bundan prezidentning qanday foydalanishi hali noma'lum. Indikator bo‘lib feysbuk va yutub atrofidagi vaziyat xizmat qilishi mumkin. Agar yaqin orada ulardan to‘siqlar olib tashlanmasa, bu almashinuv, siyosiy kursni o‘zgartirmaydigan, o‘zaro kuchlar o‘rtasidagi o‘yin rokirovkasi bo‘lib qoladi, xolos. Bu esa so‘nggi bir necha oy mobaynidagi islohotlar g‘oyasidan chekinishni anglatadi.
Abdusalom Azizov kim o‘zi? Aftidan, navbatdagi kulrang sichqon. Biroq yanglishgan bo‘lsam xursand bo‘lardim», deya yozdi Alisher Ilhomov o‘zining feysbukdagi sahifasida.
Rassom Tuz
Eltuz.com