Umrbod chetlatilgan Babayan yana futbolga qaytdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) 27 fevral kuni terma jamoaning sobiq murabiyi, bir yil burun «umrbod futboldan chetlatilgan» Samvel Babayanni avf etgani haqida bildirdi.
“Bunyodkor” futbol klubining shaxsiy kafillik xatini bir ovozdan yoqlagan O‘FA ijroqo‘mi 1 fevral kuni Babayanni futboldan chetlatish qarorini bekor qilgan.
26 fevral kuni Babayan Toshkentdagi “Lokomotiv” futbol klubi prezidenti maslahatchisi etib tayinlangan.
Babayan JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagani uchun o‘n mingdan ziyod futbol ishqibozlarining O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan norozilik xatlarini o‘rganish ortidan 2018 yilning 15 yanvarida O‘FA qarori bilan umrbod futboldan chetlatilgan edi.
O‘FA (O‘FF)ga ko‘ra, Babayanning bundan maqsadi yil so‘nggida erkin o‘yinchilarga aylanadigan futbolchilarni «xorijiy klublarga sotish» bo‘lgan.
Shu bois, 2018 yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinlarida o‘zbek milliy jamoasi darajasi keskin tushib ketganini bildirgan edi
Rassom Elsevar
Eltuz.com