«Bo‘z» tuman «Bo‘ston»ga aylanadi…
Andijon shahrida 16 may kuni viloyat faollari va prezident Mirziyoev ishtirokidagi yig‘ilishda Bo‘z tumani hokimi Inomjon Madaliev tuman nomini Bo‘ston deb o‘zgartirishga ruxsat so‘radi.
Bu haqda xabar bergan Kun.uz saytiga ko‘ra, tuman hokimi Mamadaliev bir vaqtlar (kompartiya sarkotibi bo‘lgan) Sharof Rashidov «Bu bo‘z yerlar bir kuni bo‘stonga aylanadi» degani, ayni paytda Bo‘zda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida tumanning nomi o‘ziga yarashmay qolgani haqida gapirgan.
Vodiyning cho‘l hududida, Yozyovon, Katta Farg‘ona va Ulug‘nor mavzelarida joylashgan tuman nomi azaldan Bo‘z deya nomlanib kelingan.
O‘zbekistonda tarixiy turkiy nomlarning yangi rahbarlar ta'biga moslab o‘zgartilayotgani ilk bor kuzatilmayapti.
2017 yilning 25 avgust kuni prezident Mirziyoev tashabbusi bilan Senatning o‘n birinchi yalpi yig‘ilishida Toshkent viloyatidagi To‘ytepa shahri nomini Nurafshon deb o‘zgartirishga qaror qilingandi.
Rassom Tuz
Eltuz.com