«Haydalganlar o‘rniga ulardan battarlari kelmoqda»
Prezident matbuot xizmati 20 iyun kuni bosh prokuror Otabek Murodovning ishdan olingani, uning o‘rniga ilgari Senat raisi bo‘lgan Nig‘matulla Yo‘ldoshev tayinlanganini ma'lum qildi.
Otabek Murodov 2018 yili DXX raisi etib tayinlangan Ixtiyor Abdullaevning o‘rniga bosh prokuror bo‘lgandi.
Qamalgan mulozim Rashid Qodirov o‘rniga bosh prokuror bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev 2018 yili ishdan bo‘shatilgan Rustam Inoyatov o‘rniga (sobiq MXX) DXX raisi etib tayinlanadi.
Ko‘p o‘tmay Ixtiyor Abdullaev ishi tergovga oshirildi, uning o‘rniga ilgari mudofaa vaziri bo‘lgan Abdusalom Azizov keldi.
«Biz aqlsiz bir tarzda mansablar almashuvi siyosatini va kadrlar yetishmasligini kuzatmoqdamiz. Ketganlar o‘rniga kelganlar ham oldingilaridan tuzuk emas. Ehtimol ular prezidentga ko‘proq sodiqdirlar, ammo eskirgan boshqaruv uslubi va fikrlash darajasi bilan o‘sha yaramas Karimov davri odamlaridir», deya izohladi bu holatni «Eltuz» nashri rahbari Umida Niyozova.
Eltuz.com