Catira
9 oktyabr 2019

Aziza Umarova: YeOII – O‘zbekiston uchun borsa kelmasdir

Jamoat arbobi va konsalting shirkati direktori Aziza Umarova O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga qo‘shilish ehtimolini qattiq tanqid ostiga oldi.

Aziza Umarova, Smartgov Consulting shirkati ijrochi direktori

«Jug‘rofiy izolyatsiyaga uchragan Tojikiston ortidan biz kiramiz. Orqaga yo‘l yo‘q. Umuman hech qanday. Tinch ajralib ketish yo‘q. Agar bir kor hol bo‘lsa, tinchgina qochib qolishning iloji yo‘q. Barcha qarorni bitta mamlakat chiqaradi. Va bu bizning mamlakat emas. Kirish – bir tomonga bitta chipta degani. Salom, «Sovet Ittifoqi». Mening avlodim bunga hammadan kam umid qilgan edi», – deya yozdi Umarova o‘zining feysbuk sahifasida.

O‘zbekistonga kelgan Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienko Rossiya matbuotiga Prezident Shavkat Mirziyoev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi masalasi «hal bo‘layotgani»ni bildirgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 aprel 2020
Joriy yilning 21 aprel kuni Toshkentning Kamolon mahallasida shaharni bosib olgan rus harbiylariga xotirasiga bunyod etilgan butxona qayta tiklanib, ...
7 iyul 2019
«Ozodlik ohanglari» audiokitobi o‘zbek modern she'riyatining asoschisi Rauf Parfi she'rlari bilan ochiladi. «Eltuz» nashri bu kitobdan o‘rin olgan she'rlarni ...
5 iyun 2017
Shafqatsiz kaltak jarohatlaridan vafot etgan Toshkent tibbiyot kolleji talabasi o‘limi aybdorlariga jazo so‘ralgan petitsiyaga 15 mingdan ziyod imzo to‘plandi. ...
14 aprel 2018
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ko‘cha supurishga chiqarilgani ortidan «Kamaz» ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...