Catira
20 yanvar 2020

Yangi aviakompaniya – Humo Airni qabul qilib oling!

Bosh vazir Abdulla Aripov 18 yanvar kuni 2020 yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat mamlakat ichida uchadigan yangi aviakompaniya tariflari «hozirgisidan ancha arzon bo‘lishi kerak».

Humo Air uchoqlarni qaerdan olishi va nima sababdan yangi aviakompaniya tariflari boshqa davlat aviakompaniyasi –  «O‘zbekiston havo yo‘llari»nikidan arzon bo‘lishi haqida hozircha aniq aytilmagan.

Ertaklardagi humo qushi personajini 1992 yili yozuvchi Pirimqul Qodirov taklif qilgan. Rassom Anvar Mamajonov bu afsonaviy qushni grafik stilizatsiya qilib, gerb markaziga joylashtirgan edi.

Eron mifologiyasi mahsuli bo‘lgan humo tasvirining siyqa ko‘rinishlari takrori o‘zbek blogerlari allergiyasi va sarkazmiga nishon bo‘ldi.

«​​Albatta, yangi ochiladigan aviakompaniyani nomi Humo Air bo‘lishi mantiqan ham, ramziy ma'noda ham normal. Chunki dunyoda «Pegasus» (uchar ot) kabi nomli aviakompaniyalar ham bor. Ammo «Humo» degan nom hozirda har uchta restoranning birida, har ikkita to‘yxonaning birida borligi, undan tashqari, yangi qurilgan muz saroyi va elektron to‘lov tizimlaridan keyin ham bunday nom berilishi g‘alati savollarni keltirib chiqaradi», deya yozdi bloger Nurbek Alimov.

Hammayoq «Humo» bo‘lib ketgani haqida boshqa bir taniqli bloger Eldor Asanov ham yozdi.

«Yaxshi-ku. Sharq folkloriga hurmat. Taklifim, faqat humo bilan cheklanmaylik – manbalarda boshqa afsonaviy qushlar ham tilga olinadi. “O‘zatom” – hudhud. Ko‘p gapirvoryapti oxirgi paytlarda. Sud – semurg‘, uning adolatiga yetguncha tasavvufning yetti vodiysidan o‘tish kerak. Shuhrat G‘aniev – qaqnus, yonib qayta tirilaveradi. O‘zbek milliy valyutasi – anqo, urug‘ini topish qiyin», deya kinoya qildi bloger Asanov o‘z sahifasida.

Rassom Kirpi

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 fevral 2017
«Adolat ko‘zgusi» gazetasi ancha vaqtlardan buyon pensiyasi yoki nafaqa pullari o‘zlarining roziligisiz plastik kartochkaga o‘tkazib berilayotgani, bu esa turli ...
20 iyun 2018
Xalq ta'limi vazirligi saytida eng ko‘p o‘qilgan maqola O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilarning yagona formasi joriy etilishi haqidadir. ...
14 oktyabr 2019
Chiqib ketishi oldidan sudya qo‘limga ayblov xulosasi va hukmni tutqazib uzr so‘radi va xayrlashish uchun qo‘lini uzatdi. Lekin men ...
6 iyul 2019
«Eltuz» nashri jamoasi bir hafta davomida Germaniya poytaxti Berlinda yangi rejalarni belgilab oldi va navbatdagi treningdan keyin uch haftalik ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...