O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar ko‘paydi
Joriy yilning 16 martiga kelib O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus (COVID-19)ni yuqtirganlar soni, kunning birinchi yarmida olingan ma'lumotga ko‘ra, 6 nafarga yetdi.
Mamlakatda karantin boshlandi. Kirdi-chiqdi to‘xtatildi. Ta'lim muassasalari yopildi. Davlat idoralarida majlislar to‘xtatildi.
Ilk bor 15 mart kuni soat 06.00 da Respublika virusologiya instituti laboratoriyasida O‘zbekistonning Frantsiyada bo‘lib qaytgan fuqarosida COVID-19 infektsiyasi aniqlandi. Dastlab uch nafar, keyingi kuni yana shuncha shaxsga virus yuqqani aniqlangan. Bu ma'lumotni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tarqatdi.
16 mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 167 428 ming kishida koronavirus aniqlangan, ulardan 6 440 nafari o‘lgan.
Eltuz.com