Olimjon aka Jumanazar akani yo‘lda qoldirdi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi «o‘zbek olimi koronavirusga qarshi qurilma yaratdi», deb xabar berdi. «Ixtiro» muallifi – o‘zbekistonlik olim Olimjon Yusupov. U go‘yoki xona ichidagi havoda, hatto buyumlarning sirti va ichidagi viruslar va bakteriyalarni zararsizlantirishga moyil bo‘lgan yangi molekulalarni yaratgan.
«Bu texnologiyaning universalligi shundaki, u nafaqat tojsimon o‘lat, barcha turdagi mikroblar, bakteriyalar va viruslarning kushandasiga aylanadi.
Mutaxassislarimiz ushbu texnologiyadan tibbiyot muassasalari va odam gavjum bo‘ladigan boshqa bino va inshootlarda foydalanishni tavsiya etishmoqda. Yangi innovatsion qurilma yaqin kunlarda mamlakatimizda ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi mo‘ljallanyapti», deya ta'kidlanadi O‘zA maqolasida.
Yusupov bundan oldin bulutlarga amr berib, Orol dengizi ustiga yomg‘ir yog‘dirib Orolni to‘ldiraman, degan iddao bilan chiqqan edi. Bu iddaodan keyin Orol dengizi qurishi yana tezlashdi.
Eltuz.com