Catira
1 iyun 2020

Kosmosda Ilon Mask kemasi uchayotgan bir paytda…

Ilon Mask xususiy raketasi ko‘kka uchdi. Ilmning cho‘pchakni yengishi bu!!!

O‘zbekiston prezidenti «daftarim suvga oqdi», deya aljiragan kallavaram xotinga falsafa doktori diplomi «padarka» qiladigan banan davlatidan turib qaralsa, bu parvoz yana yuksak ko‘rinadi.

Bir paytlar ilk insonning ko‘kka uchishi tayyorlangan shaharning maxfiy kodi T-1 edi. Rasshifrovkasi Toshkent-1.

Hozir bu shahar kinnachi, o‘g‘ri, firibgar va nog‘orachilar bilan to‘la.

Prezident esa kinodagi jinni podshoh kabi har bir odam nog‘ora (birorta musiqa asbobi) chalishi zarur, deb tayinlabdi.

Mamlakatning yarmi chalib, yarmi o‘yinga tushsa kerak.

O‘g‘rilarning qaynotasi boshqargan «iston»lar «uchmaslikka» mahkum. Xuddi qanoti bo‘la turib, ucholmaydigan tovuq misoli.

Dunyo ilm markazi, 2 million o‘zbek grin kard o‘ynab, surmoqchi bo‘lgan haqiqiy jozibador mamlakat Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi parvozga alyor aytaylik.

Daglas Xerli va Robert Benken tog‘alar oy borib omon kelsin.

Darvoqe, Daglas Xerli 53 yoshda ekan.

53 yashar odam O‘zbekistonda yoshini yashab, oshini oshab, bir oyog‘i go‘rda hisoblanadi. To‘ytepaga ham borib kelishi mushkul ish.

1961 yil Yuriy Gagarin ko‘kka uchganida qozoq shoiri, ulug‘ bovurim O‘ljas Sulaymonov 12 aprel kuni bir kechada “Insonga sajda qil zamin” degan poemani yozgan va bu poema darhol chop qilinib, uchoqdan yerga sochilgan edi.

O‘zbek shoirasi Zulfiya Gagarin bilan muloqotlaridan keyin «Yo‘lchi yurak» dostonini yozgandi.

Toshkent markazida 1970 yilda haykaltarosh Postnikov yaratgan Gagarin monumenti o‘rnatildi. O‘tgan asrning 70-yillarida Samarqandda ham Gagaringa haykal tikildi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan ilk kunlarda Toshkentdagi markazqo‘m binosi oldida qad ko‘targan Gagarin haykali Chilonzor savdo markaziga olib borib o‘rnatildi.

Haykal ortidagi 28 metrlik stellaning yarmini qirqib tashlashdi. Samarqanddagi Gagarin haykali esa 2008 yil buzib tashlandi.

Endi bu mamlakat parvoz haqida o‘ylamas va chuqur tanazzulga mahkum edi.

Odamlar miyasi ilm bilan emas, cho‘pchak bilan to‘ldirila boshladi.

Ular temirdan katta qozon yasab, ichida guruch pishirib, talamon qilib yeb «zo‘rmiz», deb ko‘kragiga uradigan biomassaga aylantirildi.

Lekin yer yumaloq. Bu tarafida qorong‘u bo‘lsa, u tarafi yorug‘.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 aprel 2024
O‘zbek tili va elining erkin bo‘lishi uchun kurashgan, umrining so‘ngiga qadar demokratiyaning O‘zbekiston uchun eng ma'qul tizim ekanini aytib ...
16 aprel 2018
Prezident Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryoda o‘tkazgan yig‘ilishida atrofidagi laganbardorlik, ko‘zbo‘yamachiliklar joniga tekkanini bildirib, «yuragida juda katta armon-azob bor»ligini ...
2 fevral 2022
Buxoro viloyatidagi “Bukhara brilliant silk” fabrikasi ta'sischisi, 4 oydan beri qamoqda qolayotgan Baxtiyor Jo‘raevning onasi Robiya Doniyorova yutubdagi chiqishida ...
3 mart 2023
Mana o‘lmagan qul ko‘klamga ham yetdik. Qish to‘qsoni ortda qoldi. Anomal sovuqda o‘lmasdan bugunga yetib keldik. Bu kunlarga yetganlar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...