Catira
7 oktyabr 2020

O‘zbekiston osmonida ikkinchi Gulnora porladi. Uning ismi Saida!!!

O‘zbekiston prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning Toshkentdagi tadbirda davlat rahbarining katta qizi Saida Mirziyoevga ta'zim qilgani sotsial medianing o‘zbek segmentida tanqidiy qarshilandi.

Birovlar bu holatga Gulnora Karimova bilan bog‘liq o‘tmishni parallel qilsa, boshqa birovlar O‘zbekistonning Turkmaniston modeliga o‘xshab borayotanidan afsus bildirishdi.

Toshkentlik me'mor va san'atshunos Abdumalik Turdiev «Ozodlik» radiosiga bergan suhbatida ta'zim bajo keltirish singari manzara guvohi bo‘lganidan taassuf bildirdi.

“O‘zbekiston prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov kabi yoshi katta kishining qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib¸ nevarasi tengi qiz – Saida oldida egilib turganini ko‘rib, juda g‘alati bo‘ldim. Bunday ayanchli manzarani biz Turkmaniston haqidagi lavhalarda ko‘rardik. Hatto Gulnora Karimovaning son-sanoqsiz kino tadbirlarida ham biror mulozimning qaddini bukib, ta'zim qilganini eslolmayman”.

O‘zbekistonda prezident qiziga sig‘inib, uni ko‘klarga ko‘tarish amaliyoti Karimov davrida bo‘y ko‘rsatgan edi. O‘sha paytda oligarx Alisher Usmonovdan tortib, hozirgi prezident Mirziyoevning xotini Ziroat Hoshimovagacha “malika Gulnora” atrofida oshig‘ich muhabbat bilan irg‘ishlagani aks etgan videolavha «Eltuz»da bor.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 dekabr 2024
Yangi O‘zbekistonning eski muommolari, Andijon va Farg‘onaning 40 yildan buyon asfalt qilinmagan yo‘llari. Asakada gaz bosimi pasaygan. Jarqo‘rg‘onda esa ...
22 fevral 2023
Yangiyo‘l tumani Nurobod MFYda uyi yonib ketkan ayolga yordam har tomondan oqib kela boshladi. Ayol uyini qayta tiklab berishmoqda. ...
26 fevral 2019
“Poytaxt: Abdulhamid” serialining namoyishi to‘xtatilishi ko‘p e'tirozlarga sabab bo‘lyapti. Qiziq, bir-ikki oy oldin bir turk serialining taqiqlanishini talab qilganlar ...
8 fevral 2022
2022 yil 3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi mahalliy bloger Sobirjon Boboniyozovni O‘zbekiston prezidentini haqorat qilishda ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...